O‘zbekiston-Xitoy yangi qo‘shma korxonasi: «Xavfsiz shahar» majmuasida Huawei texnologiyalari

  •   DiMaX
  •  565
  •  22.06.2019 08:52

O‘zbekiston-Xitoy yangi qo‘shma korxonasi: «Xavfsiz shahar» majmuasida Huawei texnologiyalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning aprel oyida «Bir makon, bir yo‘l» II Xalqaro forumiga ishtirok etish maqsadida XXRga tashrif buyurgan edi. Ushbu tashrif davomida hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuvlar imzolangan, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘QING: Prezident «Huawei» kompaniyasining Innovatsiyalar markazida bo‘ldi

Mazkur kelishuvlar doirasida 2019 yilning 17-21 iyun kunlari «China South Industries Group Corporation», «CITIC Group» va «Costar Group» kompaniyalari delegatsiyasining respublikamizga tashrifi amalga oshirildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, 20 iyun kuni «Xavfsiz shahar» kompleksini tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi hamda «CITIC Group» va «Costar Group» kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha Ta’sis shartnomasi imzolandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov qo‘shma korxonani tashkil etish to‘g‘risidagi Ta’sis shartnomasini imzolash marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining asosiy faoliyati Toshkent shahrida 300 million AQSh dollari hajmidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingani hamda Huawei kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari va innovatsion yechimlaridan foydalangan holda, «Xavfsiz shahar» majmuasini qurish va unga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishdan iborat.

Xorijiy delegatsiya tashrifi doirasida Toshkent shahrida tegishli vazirlik va idoralar bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan ko‘zlangan maqsad axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollarini belgilab olishdir.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor jurnalist va blogerlarga yangi Huawei P30 turkumi smartfonlari kamera imkoniyatlari namoyish etildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!