Samsung egiluvchan akkumulyatorlarni namoyish qildi

Samsung egiluvchan akkumulyatorlarni namoyish qildi

Samsung mutaxassislari turli-tuman yo‘nalishlarda, jumladan, olib yuriladigan elektronika va akkumulyatorlar ustida astoydil ishlashmoqda. Kichik gadjetlarga katta batareya o‘rnatish muammosi ko‘ndalang bo‘lganda injenerlar muammoga boshqacha yondashdi. Bunda egiluvchan akkumulyator qo‘l keladi.

Samsung injenerlari har tomonga bukish mumkin bo‘lgan akkumulyator yaratishdi. O‘tkazgich sim olib, undan tasma yasaldi, injener ishlov bergach akkumuyator paydo bo‘ldi. Bu xuddi soat tasmasini eslatadi. Ishlab chiqaruvchi bu noodatiy batareya avvalgilaridan bir yarim barobar uzoq vaqtga yetishini aytmoqda.

Tasmasimon akkumulyatorni sinash paytida odam bilagi bukilishi darajasida 50 ming marta har yoqqa bukib ko‘rildi, u sinovdan yaxshi o‘tdi. Bu texnologik yangilikni olib yuriladigan elektron qurilmalarning tasmasiga o‘rnatish mo‘ljallanmoqda.

Aytish kerakki, so‘nggi yillarda, nafaqat, batareya, balki elektron qurilmalarning barchasini egiluvchan qilish ustida mutaxassislar bosh qotirmoqda. Bukiluvchan mikroprotsessor va displey yaratilish kuni yaqin. LG esa o‘raladigan televizorni namoyish qilmoqchi. Kelajakda elektronika magaziniga kirib: “Menga bir metr monitor, bir yarim metr televizor va yigirma santimetr smartfon o‘lchab bering”, deydigan kunlar yaqinlashmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!