Samsung Galaxy Note 20 seriyasi va Galaxy Fold 2 smartfoni qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy Note 20 seriyasi va Galaxy Fold 2 smartfoni qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Samsung, o‘z an’anasiga muvofiq, Galaxy Note flagmani (o‘tgan yildan boshlab esa flagmanlari — oldinlari faqat bitta model taqdim qilinardi) taqdimotini avgust oyi boshlarida o‘tkazib keladi. Koreyada tarqalgan mish-mishlarga qaraganda (Tangem xolamning aytishicha), bu an’anaga 2020-yilda ham amal qilinadi.

«Uch yulduz» butun dunyo ahliga Note 20 seriyasi va Galaxy Fold 2 buklamafonini 5-avgust kuni ko‘rsatishni reja qilgan. COVID-19 pandemiyasi avgustga borib ham tugamasligi ehtimoli yuqoriligini inobatga olsak, bu smartfonlar taqdimoti faqat onlayn rejimda o‘tkaziluvchi tarixdagi ilk «Unpacked» marosimi bo‘ladi.

Ammo 5-avgustga qadar yana ikki oy muddat bor. Kompaniya rejalari o‘zgarib qolishi ham ehtimoldan yiroq emas.

Mish-mishlarga qaraganda, Galaxy Note 20 6,7 dyuymli, Note 20+ (yoki Note 20 Ultra) esa 6,9 dyuymli displey bilan jihozlanadi. Har ikki smartfon, albatta, S-Pen stilusi va eng so‘nggi kuchli protsessorga ham ega bo‘ladi.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 20'lar qanday ranglarda bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.