Samsung hamyonbop Galaxy C’ni bozorga tayyorlamoqda

Samsung hamyonbop Galaxy C’ni bozorga tayyorlamoqda

Ayni kunda axborot texnologiyalarini yoritishga ixtisoslashgan saytlarda  “SM-C5000” kodli yangi ko‘rinishdagi Samsung smartfonining suratlari nashr qilinmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Samsung kompaniyasi yaqin kunlarda “Galaxy” turkumidagi yangi “C” nomli gadjetlarni namoyish qiladi.

Hozircha yangi mobil aloqa vositasi haqidagi eng aniq ma’lumot uning ekran diagonali 5.2 dyuymli ekanligidir. Ekranning piksel sig‘imi kamida 1920 x 1080 belgiga teng bo‘ladi. Ba’zi nashrlarda smartfon 5.7 dyuymli displey bilan sotuvga chiqarilishi ham e’lon qilingan.

SamMobile nashrining ma’lum qilishicha, mazkur mobil apparati premium-dizayn, ya’ni o‘ziga xos jozibador ko‘rinishga, o‘z navbatida yupqa va nafis metall korpusga ega bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu yangi samsung gadjeti Geekbench mobil va elektron qurilmalar imkoniyatini baholaydigan dasturining imtihonlaridan o‘tgan.

Unda ko‘rsatilishicha, Samsung Galaxy C smartfonlari 8 yadroli Snapdragon 617 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi va unda alohida Qualcomm Adreno 405 – mobil grafik-tasvir protsessori ham mavjud bo‘ladi.

Shu bilan birga, yangi smartfon 4 Gb operativ xotira, 32 GB doimiy xotira, Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimi bilan ta’minlangan.

Smartfon 16 Mp bosh hamda 8 Mp old kameralarga ega bo‘ladi.

Ushbu smartfon turkumi keyingi oyda avval Xitoyda va undan so‘ng Hindistonda taqdim qilinadi. Shuningdek, Galaxy A, Galaxy E hamda Galaxy J kabi hamyonbop smartfonlar qatoridan joy olishi ma’lum qilingan qurilmaning 170 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!