Smartfonlarning eng ommalashgan parametrlarini bilasizmi?
Mashhur AnTuTu benchmarki Android bazasida ishlaydigan smartfonlarda eng keng tarqalgan parametrlarni aniqlashga urinib ko‘rdi.
O‘QING:Nihoyat, Xiaomi eng kuchli protsessorli eng arzon flagmanini taqdim etyapti!
14,61 foiz foydalanuvchi ko‘nglini 6 dyumli smartfonlarga beragan, diagonali 5,5 dyuymli smartfonlarga 12,75 foiz foydalanuvchi, 6,2 dyuymlisiga 11,45 foiz smartfon egalari bog‘langan. Qariyb chorak foydalanuvchilar (24,37%) Full HD (1080 x 1920 pikselli) formatidagi smartfonlarni tutadi. 17,19 foiz foydalanuvchilar Full HD+ (2160 x 1080 pikselli) formatidagi romsiz smartfondan foydalanadi. Qariyb 16 foizi formati Full HD+ 2248 x 1080 piksel yoki 2280 x 1080 piksel bo‘lgan qirqmasi bor ekranli smartfonlarni ma’qul ko‘rishadi. Shu bilan birga, Android-smartfonlarning yarmi HD yoki undan ham past formatda ishlaydi.
O‘QING:AnTuTu’da eng kuchli, ammo arzon flagman – Xiaomi Pocophone F1’ni sinab ko‘rishdi! («jonli» video)
Bundan tashqari, 73.8 foiz Android-smartfonlarda sakkizyadroli protsessorlar joy topgan bo‘lsa, faqat 21,9 foizi to‘rt yadrolida javlon urmoqda. Smartfonlarning 36,51 foizida tezkor xotira 6 GB, 31,7 foizi esa 4 GB. Xotira saqlagich chig‘imining eng keng tarqalgani 64 Gigabaytli.
O‘QING:AnTuTu'da Xiaomi Pocophone F1 eng yaxshi natijani ko‘rsatdi
61 foiz smartfonlar Android Oreo boshqaruvi ostida ishlaydi. Android Nougat ulushi esa 24,07 foizga yetng.