Snapdragon 855 Plus protsessori va Snapdragon X50 modemiga ega Mi 9 Pro taqdim qilinishi kutilmoqda!
Xiaomi tez orada o‘z mahsulotlari ro‘yxatiga yangi 5G flagmanini qo‘shib qo‘yadi. Kompaniya allaqachon yangi qurilmaning xususiyatlari va model nomini oshkor qilmagan holda, uning atrofida mish-mishlar ko‘tarishni boshlab yubordi.
Bugun Xiaomi’ning yangi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Van Ten Tomas ushbu smartfon haqida gapirib o‘tdi. U Weibo ijtimoiy tarmog‘ida barcha “xiaomichilar”dan “ozgina sabr qilishni” so‘radi va xozircha 5G smartfonlar narxi qimmatligicha qolishini aytib o‘tdi. Bundan anglash mumkinki, top-menejer foydalanuvchilarni shu tarzda arzon bo‘lmagan smartfonga tayyorlab bormoqda. Umuman olganda, agar kutilayotgan qurilmaga SoC Qualcomm Snapdragon 855 Plus protsessori va Snapdragon X50 modemi o‘rnatiladigan bo‘lsa, u arzon bo‘lmasligi turgan gap. Aytishlaricha, ushbu smartfon Mi 9 Pro deb nomlanadi.
Shuningdek, Xiaomi bugun 5G standartini ishga tushirishdagi yutuqlar va kelajakdagi rejalarni aks ettiruvchi posterni e’lon qildi.
O‘z-o‘zidan, bu tez orada namoyishi kutilayotgan modelga ishora bermoqda. Ertaga esa kompaniya dunyodagi birinchi 64 megapiksellik smartfonini taqdim qiladi.
O‘QING: Redmi Note 7 rekord darajada arzonlashdi!