Sony akkumulyatorlari xizmat davrini 40 foizga oshirmoqchi

Sony akkumulyatorlari xizmat davrini 40 foizga oshirmoqchi

Yapon kompaniyasi batareya texnologiyasini takomillashtirmoqchi. Nikkei Technology texnologik portali xabariga ko‘ra, kompaniya batareya “umrini uzaytirish”ni maqsad qilgan.

Sony litiy-ionli batareyadan oltingugurt tarkiblisiga o‘tmoqchi. Unda oltingugurtdan elektrod materiali sifatida foydalaniladi. Olimlar batareyaning energiya zichligi 700 Vt/ldan 1000 Vt/lgacha ortishini chamalamoqda, o‘z navbatida xizmat davri ham 40 foizga oshadi. Yangi avlod batareyalari 2020 yilda chiqariladi.

Sony litiy-ionli batareya ishlab chiqarish tashabbuskorlaridandir. Bu uning galdagi rejasi muvaffaqiyatiga ishonch bag‘ishlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!