Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

Telegram kanalini tozalash uchun davriy tarzda bir oydan ortiq kirmagan hamda foydalanilmayotgan akkauntlarni o‘chirib turish lozim.

Qoida bo‘yicha, Telegram'dagi kanal muallifi o‘z kanalida faqat 200 obunachini yoki barchasini yulduzcha orqali qidiruv maydonida so‘rov bergan holda ko‘ra oladi. Har bir foydalanuvchining o‘ng tomonida u qachon oxirgi marta tarmoqda bo‘lganligini ko‘rsatuvchi sana va vaqt ko‘rinib turadi.

O‘QING: Telegram’da spamdan «ozod» bo‘lish siri

Kanalni tozalashingiz mumkin:

Obunachilarni izlashda yulduzcha bilan so‘rov berasiz va Telegram'ga bir oydan ko‘proq kirmaganlarni (ular katta ehtimol bilan qaytib kirishmaydi) va foydalanilmayotgan akkauntlarni o‘chirib tashlaysiz.

Buning uchun sizga maxsus ishlab chiqarilgan @crosser_bot boti yordam beradi. Bot haqda esa "IT-specialist" kanali yozmoqda. 

Manbada keltirilishicha, botdan quyidagicha foydalaniladi:

  • ushbu botni o‘z kanalingiz adminlari safiga qo‘shasiz, unga «adminlarni qo‘shish» huquqini berasiz;
  • botning o‘zida «auditoriya» funksiyasini tanlaysiz;
  • unga o‘z kanalingiz havolasini yuborasiz;
  • hisobotni olasiz;
  • hisobotda ko‘rsatilgan o‘chgan yoki nofaol akkauntlarni tanlagan holda, barchasini yoki bir qismini o‘chirasiz.

Buna “qurbon” bo‘ladigan akkauntlar, asosan, bir oydan ortiq kanalga kirmagan obunachilar bo‘ladi.

Картинки по запросу @crosser_bot

Obunachilar sonining kamayishi sizni har qancha tashvishga solmasin, kanalning qatnashchilarini onda-sonda shunday tozalab turish maqsadga muvofiqdir. 

Keling, bu nima uchun kerakligini keltirib o‘tamiz:

Birinchidan, bu faqat raqamlardir, agar odamlar Telegram’dan foydalanmayotgan va unga anchadan buyon kirmayotgan bo‘lsa, ular shunchaki statistikani buzishadi va ulardan foyda bo‘lmaydi;

Ikkinchidan, reklama uchun belgilangan narxga bu ta’sir ko‘rsatmaydi (rus segmentida ko‘proq uchraydigan holat), chunki odamlar obunachilarning soniga emas, balki postlardagi kuzatishlar soni va auditoriyaning qanchalik jalb etilganligini kuzatishadi (har doim ham emas, o‘zbek segmentida ko‘pchilik reklamaga buyurtma berishda avvalambor kanal obunachilari soniga qaraydi va ko‘p holatlarda shunga aldanadi);

Uchinchidan, siz mahsulotingizni reklama qilish orqali, u qanchalik zo‘r bo‘lmasin, kerakli natijaga erisha olmaysiz. Bunda kanal auditoriyasi shunchaki raqamlar hisoblanadi va ular sizga hech narsa bermaydi!

Siz uchun nima muhim? Ko‘p obunachilarga ega bo‘lish, lekin ularning kam jalb etilganligimi yoki kam bo‘lsa ham e’tiborli, postlaringizni intiqlik bilan kutadiganlarimi?

Hamma o‘zi uchun o‘zi qaror chiqaradi. Yaxshi kanal vaqt o‘tishi bilan baribir o‘sib ketadi.

Ko‘rib turganingizdek, kanalni tozalab turish muhim! Bu yaxshi kanal rivojlanib borishining zaruriy shartidir. Kamaygan auditoriyaning o‘rnini esa har doim yangi auditoriya hisobiga to‘ldirish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki,  botni ikki kanalga admin qilib, shu ikki kanalni solishtirish imkoniyati mavjud.  Shunda kanalda jami necha kishi bir vaqtning o‘zida a’zo bo‘lganligini aniqlay olasiz. Masalan, Azamat Bahodirov (kimningdir ismi va familiyasiga mos kelib qolsa, oldindan uzr so‘raymiz) har ikki kanalda obuna bo‘lgan bo‘lsa, qidiruv natijasida bir inson deb chiqib keladi. Buni har ikki kanalda admin bo‘lgan taqdiringizdagina tekshira olasiz.

O‘QING: Kutib oling Telegram’dan yangilik!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!