Telegram’da yirik tozalash: O‘zbekistondagi 13 million obunachi yo‘q qilinib, kanallarga qizil tamg‘a urildi!

  •   DiMaX
  •  2810
  •  26.02.2020 11:02

Telegram’da yirik tozalash: O‘zbekistondagi 13 million obunachi yo‘q qilinib, kanallarga qizil tamg‘a urildi!

Yurtimizda eng ommabop messenjer – Telegram ma’muriyati vaqti-vaqti bilan tozalash ishlarini o‘tkazib turadi. Shulardan navbatdagisi 15-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Telegram Analytics loyihasining o‘zbek tilidagi kanali.

O‘QING: Nihoyat, endi barqaror Telegram’da ham chatlarni saralash mumkin!

Xabarga ko‘ra, Telegram-kanallarda obunachilarning sonini sun’iy oshirish maqsadida ularga a’zo sifatida qo‘shib qo‘yilgan botlar yo‘q qilingan. Shu 6 kun (15-20 fevral) davomida kanallardan chiqib ketishlar sonining umumiy miqdori quyidagilarni tashkil qildi:

- 21.2 million (Rossiya)

- 14.5 million (Eron)

- 13 million (O‘zbekiston)

- 1 million (Ukraina)

Bu ko‘pmi? Shubhasiz, bu – o‘tgan yillar davomidagi eng keng ko‘lamli tozalash ishlari bo‘ldi, ammo, afsuski, bu endi Telegram'da botlar yo‘q, degani emas.

Bu yaxshimi? Albatta, negaki siz va biz foydalanadigan Telegram sun’iy ravishda rivojlantirilgan (nakrutka) kanallardan tozalanmoqda.

Tozalash ishlari yakuniga ko‘ra, TGStat'da 2169 ta kanalga sun’iy ravishda rivojlantirilganlik haqidagi qizil tamg‘a qo‘yildi.

Ertami-kechmi, bu har bir sun’iy ravishda rivojlantirilgan kanalga daxl qiladi va buning oqibatida uning nufuziga katta putur yetadi. O‘ylab ko‘ring, bunday xizmatlardan foydalanish kerakmi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Telegram’ni o‘zbekchaga o‘girishda ko‘maklashing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.