«Thunderbird» dasturida uMail.uz pochtasini sozlash

«Thunderbird» dasturida uMail.uz pochtasini sozlash

Ma’lumki, uMail.uz pochta qutisidan veb interfeysdan tashqari turli xildagi pochta mijozi dasturlari orqali ham foydalanish mumkin. Ushbu maqolada mashhur Mozilla Thunderbird pochta mijozi dasturi orqali uMail.uz pochtasidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma bilan tanishasiz.

1. Thunderbird dasturini ishga tushiramiz va bosh sahifada joylashgan «Elektronnaya pochta» havolasiga o‘tamiz.

09.05

09.05-2

Belgilangan maydonlarning barchasi to‘ldiriladi. «Parol» maydonida ID.UZ tizimidagi parol emas, balki uMail.uz pochtangiz uchun foydalaniladigan parolni kiritish lozim. Agarda siz uni unutgan bo‘lsangiz, uMail.uz pochtasining eski talqini orqali (avtorizatsiyadan o‘tganingizdan so‘ng) pochta parolini o‘zgartirishingiz mumkin.

09.05-3

11-05-2

Shundan so‘ng, biroz kutamiz, agarda barcha maydonlar to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa, sizning elektron pochta manzilingiz dasturning chap qismida aks etadi va pochtadan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
uMail.uz pochtasini boshqa turdagi pochta mijozi dasturlarida sozlash bo‘yicha qo‘llanmalar bilan uMail.uz’ning «Qo‘llanmalar» sahifasida tanishishingiz mumkin.

Yeslatib o‘tamiz, pochta mijozi dasturlaridan foydalanishda ularning so‘nggi talqinlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki pochta mijozi dasturlarining so‘nggi talqinlarida avvalgi talqinlarda mavjud bo‘lgan xatoliklar, xavfsizlik borasidagi muammolar bartaraf etiladi hamda foydalanishda qulayliklar yaratadigan imkoniyatlar kiritib boriladi.

Manba: Soft.zn.uz