Ucell foydali xizmatni yo‘lga qo‘ydi

Ucell foydali xizmatni yo‘lga qo‘ydi

Ucell mobil aloqa kompaniyasi “Xizmatlarni bekor qilish” nomli foydali xizmatni ishga tushirdi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy sayti ma’lumot bermoqda. Bu har bir xizmatni bekor qiladigan maxsus USSD-buyruqlarni alohida-alohida kiritmasdan, barchasini birdaniga o‘chirishni istagan abonentlar uchun qulay sanaladi.

Xizmatni boshqarish *350# USSD-so‘rovi bilan amalga oshiriladi.

  • *350*1# – axborot-ko‘ngilochar xizmatlar(DJ, kontent xizmatlar)ni o‘chirish;
  • *350*2# – barcha xizmatlarni, shu jumladan, axborot-ko‘ngilochar xizmatlar(DJ, kontent xizmatlar)ni o‘chirish;
  • *350*3# – xizmat haqida qisqacha ma’lumot.

Mazkur xizmat haqidagi batafsil ma’lumotlarni kompaniyaning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.