Windows 10’da ilovani o‘rnatmay turib, foydalanish mumkin bo‘ladi

Windows 10’da ilovani o‘rnatmay turib, foydalanish mumkin bo‘ladi

Microsoft kompaniyasi yaqin kunlarda Windows 10’ga “Playable Ads” funksiyasini o‘rnatishini ma’lum qilgan. Ushbu yangi jihat foydalanuvchiga muayyan dasturni Google Play Store ilovalar do‘konidan yuklab olmasdan turib, uning qanday ishlashini sinab ko‘rish imkonini beradi.

Dasturning sinov talqini oldingi haftada e’lon qilingan bo‘lib, foydalanuvchi biror bir ishlab chiqaruvchi tomonidan reklama qilinayotgan dasturiy mahsulotdan foydalanishi, misol uchun elektron o‘yinni 3 daqiqa mobaynida xuddi o‘z qurilmasida o‘rnatilgandek o‘ynashi mumkin bo‘ladi.

Google ham 2011 yil boshida Android qurilmalari uchun shunga o‘xshash bir zumlik ilovalar xizmatini ishga tushirgan edi. Bu kabi reklama xususiyatidagi xizmat foydalanuvchiga biror bir ilovani yuklab olishi, uning uchun pul sarflashi qanchalar to‘g‘ri ekani bo‘yicha yagona xulosaga keladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!