Xiaomi yangi buklanuvchi smartfonni ishlab chiqaradi

Xiaomi yangi buklanuvchi smartfonni ishlab chiqaradi

Xiaomi ushbu yilda Mi Mix Fold qurilmasini taqdim etdi. Kompaniya endi “raskladushka“ form-faktoridagi buklamafonni ishlab chiqarish niyatida. 

Kompaniya CNIPA (Xitoy Milliy Intellektual Mulk Assotsiatsiyasi) da ushbu qurilmani patentladi. 

Smartfon Samsung'ning Galaxy Z Flip buklamafoni kabi ikkita kamera va tashqi kichik displeyga ega bo‘ladi. 

Yangi buklanuvchi smartfonning displeyida ikkita kamera uchun tirqish bo‘ladi. SIM karta uchun uya, USB-C porti va dinamik qurilmaning pastki tomonida, quvvat hamda ovozni sozlash tugmalari esa o‘ng tomonda joylashadi. 

Shunday qilib, Samsung, Motorola hamda Huawei kompaniyalaridan so‘ng, Xiaomi ham “raskladushka“ form-faktoridagi buklamafonni taqdim etadi. 

O‘QING: Huawei P50 Pocket taqdim etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!