«Youth techno art – 2019» bolalar texnik ijodkorligi festivaliga marhamat!

  •   DiMaX
  •  850
  •  02.07.2019 10:08

«Youth techno art – 2019» bolalar texnik ijodkorligi festivaliga marhamat!

O‘zbekistonda ilk bor «Youth techno art – 2019» xalqaro bolalar texnik ijodkorligi festival-tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda Minbar nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Samsung tanlovida qatnashing – sovrin jamg‘armasi naq 40 000 dollar!

Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘tayotgan bu festival:

  • yoshlar o‘rtasida muhandislik kasblari nufuzini oshirish va texnik ijodiyotni ommalashtirish,
  • yoshlarda robototexnikaga qiziqish uyg‘otish, mazkur sohadagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularga shaxsiy robotlarini va ularning sistemasini ishlatishni o‘rgatish,
  • yoshlarda innovatsiya va texnologiyalar sohasiga qiziqish uyg‘otish,
  • iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayapti.

Tanlovda 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lganlardan iborat jamoalar (4 ta ishtirokchi har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida) 1 ta jamoa rahbari kuzatuvida ishtirok etadilar.

Tanlov o‘zbek, rus va ingliz tillarida:

  • avtomodellashtirish,
  • avia-raketomodellashtirish,
  • robototexnika,
  • radiotexnika, elektronika va aloqa yo‘nalishlarida bo‘ladi.

Festival 24-27 iyulda bo‘lib o‘tadi, unda qatnashmoqchi bo‘lganlar 10 iyulgacha saytda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Tanlovga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Iordaniyadan ham qiziqish bildirilgan, deyiladi xabarda.

O‘QING: «Youth mobile» tanlovida g‘olib TATU talabasi 12,5 million so‘m mukofot oldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!