YouTube foydalanuvchilari norozi: Google uni reklamalarga to‘ldirib tashlamoqchi

  •   DiMaX
  •  693
  •  27.05.2020 11:07

YouTube foydalanuvchilari norozi: Google uni reklamalarga to‘ldirib tashlamoqchi

Google muntazam tarzda YouTube servisini yangi funksiyalar bilan boyitib, to‘ldirib keladi. Ammo videoxostingdagi so‘nggi yangilanishlar ko‘pchilik foydalanuvchilarga yoqmayapti.

O‘QING: Koronavirus haqidagi qanday videolarni YouTube taqiqlagan?

Gap shundaki, YouTube’ning Android-ilovasi yaqinda yangilanib, undan foydalanib ko‘rish imkoni ayrimlarga taqdim etilgan. Unda amalga oshirilgan o‘zgarishlar tufayli, qidiruv tizimi butkul boshqacha bo‘lgan. Ya’ni, ilovada videorolik izlaganda, endi an’anaviy Google qidiruvi natijalari ham aks etadi..

Android-qurilmalar egalari yangilangan YouTube’da biror so‘z bo‘yicha qidiruv berganlarida, topilgan videoroliklar ostida shu so‘rovga mos keluvchi havolalar ham chiqadi. Ularning ustiga bosib, brauzerdagi yoki Google ilovasidagi to‘laqonli qidiruv natijalariga o‘tish mumkin.

Garchi bu bilan Google foydalanuvchilarga qulaylik yaratishni maqsad qilgan bo‘lsa-da, yuzerlar mazkur o‘zgarishni tanqidlar bilan qabul qilishdi. Ularning fikricha, qidiruv giganti shu yo‘l orqali YouTube’ni reklamalar bilan yanada to‘ldirib tashlamoqchi.

Google ushbu funksiyani barcha foydalanuvchilar uchun ommaviy taqdim etadimi yoki yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum. Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!