Prezident qaroriga ko‘ra UzCard monopoliyasiga barham beriladi

Tegishli maqsadlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrda imzolagan «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Boyning ko‘ngli Oyda: SpaceX’ning ilk sayyohi – yaponiyalik milliarder! (+video)

Milliarder fazoga o‘zi bilan birga 6–8 nafar san’at namoyandalarini ham olib chiqishni rejalashtirmoqda. Ular butun dunyodan tanlab olinadigan me’mor, musiqachi va moda dizayneri kabilar bo‘ladi.

Nihoyat, Twitter postlarni to‘g‘ri tartibda ko‘rsatishga o‘tyapti!

Ayni damda esa Twitter yangiliklar tasmasida postlar «muhimligi bo‘yicha» aks ettirilib kelmoqda.

Galaxy S9’dagi ajoyib funksiyalar endi Samsung’ning boshqa smartfonlariga ham joriy etildi!

Mazkur smartfonlarga 2018 yilning 18 sentyabridan tarqatila boshlagan yangilangan proshivka ushbu yangi imkoniyatlarni, shuningdek, Android xavfsizlik tizimi uchun yangi patchlarni ham o‘z ichiga oladi.

Qualcomm naq 8.5 milliard tranzistorli protsessor tayyorlayapti!

Shu paytgacha bozorga taqdim etilgan barcha protsessorlar orasida bu «katta sakrash» bo‘ladi. Zero, Snapdragon 845 protsessori 5.3, Kirin 980 va Apple A12 Bionic kabilar esa 6.9 milliard tranzistorga ega.

Xiaomi rahbari «jonli» ko‘rsatdi: Mi 8 Youth emas, Mi 8 Lite ekan, u allaqachon sotuvga qo‘yilgan!

Hali taqdim etilmasidan avval Xiaomi Mi 8 Lite uchun oldindan buyurtma olish ham boshlangan. Uning 4/32 gigabayt xotirali versiyasi uchun 299 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan.

Xiaomi «aqlli» budilnik namoyish etdi

«Sun’iy idrok»li bu gadjet ovoz bilan boshqariladi. Katta ekranga, 30 turdagi dinamik signalga ham ega bo‘lishidan tashqari, unga ikki mingta stansiyani qo‘llab-quvvatlovchi internet-radio ham joriy etilgan.

RASMAN: Xiaomi 27 sentyabrda birdaniga beshta «aqlli» devays taqdim etadi!

Kompaniya e’lon qilgan animatsiyali suratda yangi mahsulotlarga ishora qiluvchi beshta bir xil belgicha takrorlanadi.

«Taka bo‘lsin – sut bersin»: Lionel Messi blokcheyn-smartfonni reklama qiladi

Sirin Finney kriptosmartfonining taqdimoti 28 noyabr kuni Barselona shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosimni mashhur futbolchi Lionel Messi olib boradi.

Samsung hamyonbop Galaxy J smartfonlaridan butunlay voz kechmoqchi!

Samsung buning o‘rniga Galaxy A seriyasidagi smartfon modellar qatorini kengaytirmoqchi. Shuningdek, Galaxy On turkumi o‘rniga yangi – Galaxy M seriyasida ham smartfonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Betakror va qulay Opera Touch brauzeri 1 oktyabrdan iPhone’lar uchun ham chiqadi

Opera Touch’da xavfsizlikni ta’minlash uchun eng yangi texnologiyalar qo‘llangan. Brauzerda reklamani bloklash funksiyasiyam bor: bunda sahifalar yanada tezroq ochiladi va trafik ham tejaladi.

EKSKLYuZIV: Xiaomi hali ko‘rsatmagan Redmi Note 6 Pro bilan ilk «jonli» videotavsifda batafsil tanishamiz!

Uning ayrim texnik xususiyatlari boshqacharoq ekanligi ham ma’lum bo‘ldi. Jumladan, Redmi Note 6 Pro’ning «elektron yuragi» Qualcomm Snapdragon 660 emas, balki yakka kristalli Snapdragon 636 chipi ekan.

Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

Avvalroq Butunjahon sog‘likni saqlash tashkiloti o‘yinlarga berilishni ruhiy kasallikning ko‘rinishlaridan biri, deya e’tirof etgan edi.

To‘rtta ob’yektivli bosh kameraga ega Galaxy A9 Star Pro smartfoni ilk suratlarda!

Eng «serkamera» ushbu smartfon Galaxy A9 Star Pro deb nomlanadi. Uning bosh kamerasidagi to‘rtta modul tikka joylashadi, ulardan o‘ngroqda – orqa panelning o‘rtasida esa daktiloskopik datchik o‘rnatilgan.

Hamyonbop, lekin naq to‘rtta kamerali Redmi Note 6 Pro’ni «jonli» rasmlarda ko‘ring!

Redmi Note 6 Pro modeli sakkiz yadroli Snapdragon 660 protsessoriga, 4 GB.lik tezkor va 64 GB.lik doimiy xotiraga ega. Akkumulyatori ham zo‘r – tok sig‘imi 4000 mA/soatga teng.

OnePlus endi umuman boshqa gadjet ham tayyorlaydi

Personal yordamchili OnePlus TV old kameraga, shuningdek foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari «sizib» chiqib ketmasligini ta’minlovchi xavfsizlik tizimiga ham ega bo‘ladi.

Boshlandi: ayolning sumkachasida yap-yangi Galaxy Note 9 yonib ketdi

Dayan Chang janubiy koreyalik korporatsiya ustidan sudga ariza berdi. Uning ta’kidlashicha, joriy yilning 3 sentyabrida uning sumkasida yotgan Galaxy Note 9 smartfoni o‘z-o‘zidan yonib ketgan.

Xiaomi rasman Mi 8 Fingerprint Edition smartfonini ko‘rsatib, taqdimot kunini ham aytdi!

Ekran yuzasiga yotqizilgan himoya shishasining tepa qismida so‘zlashuv dinamigi uchun «kemtik» qoldirilganligi ham seziladi. Demak, bu yerdagi «o‘yiq»da yuzni tanish tizimi va boshqa datchiklar o‘rin oladi.

Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 selfi-kamerasi ekranning o‘ziga joylangan, ammo u «g‘oyib bo‘la» oladi! («jonli» suratlar)

Slashleaks e’lon qilgan rasmga ko‘ra, flagmanning old kamerasi bevosita ekranning o‘ziga joylangan. Ammo keraksiz paytda u displeydagi kontentga xalaqit bermaslik uchun «g‘oyib bo‘lish» xususiyatiga ega!

Facebook yana ishlamayapti – unga VPN orqali kiring!

O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq muammolar bu gal 16 sentyabr, soat 17:00 lardan boshlangani qayd etilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш