Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 selfi-kamerasi ekranning o‘ziga joylangan, ammo u «g‘oyib bo‘la» oladi! («jonli» suratlar)

  •   DiMaX
  •  4167
  •  17.09.2018 11:10

Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 selfi-kamerasi ekranning o‘ziga joylangan, ammo u «g‘oyib bo‘la» oladi! («jonli» suratlar)

Samsung kompaniyasining navbatdagi flagman smartfoni – Galaxy S10 haqida bir-biridan qiziq ma’lumotlar chiqmoqda. Ular orasida eng qiziqarlilari esa gadjetning kameralari bilan bog‘liq, desak adashmaymiz.

O‘QING: Yangi Galaxy S10 lineykasida chiqadigan uchta smartfonning faqat bittasida uchta kamera bo‘ladi

Navbatdagi «sizib chiqqan» ma’lumot esa Samsung Galaxy S10 smartfonining selfi-kamerasi bilan bog‘liq. Slashleaks resursi e’lon qilgan quyidagi «jonli» rasmga ko‘ra, ushbu flagmanning old kamerasi bevosita ekranning o‘ziga joylangan:

Ammo keraksiz paytda u displeydagi kontentga xalaqit bermaslik uchun «g‘oyib bo‘lish» xususiyatiga ega!

O‘QING: 5G modulli Galaxy S10 ham chiqadi, ammo uni biz sotib ololmaymiz

Ekranni imkon qadar korpus old yuzasining ko‘proq qismini egallaydigan qilish maqsadida, old kamera va boshqa datchiklarni joylashtirish uchun displeyning tepasida «kemtik» qoldirishni Apple boshlab bergan va boshqalar unga ergashgan edi. Buni qarangki, Samsung o‘zining «ashaddiy raqibi»ga ergashmasdan, original yechim topibdi!

Hozirgacha tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S10 modelining uchta modifikatsiyasida ham barmoq izi skaneri ham ekranga integratsiya qilinadi. Bundan tashqari, janubiy koreyalik kompaniya 11 oktyabr kuni juda antiqa – asosiy kamerasi to‘rtta ob’yektivli bir smartfon taqdimotini belgilagan.

Samsung shu kungacha bozorga chiqargan aksariyat rusumlardagi smartfonlar esa Terashop.uz internet-do‘konimizda sotilmoqda. Ular bilan tanishish, o‘zingizga ma’qul modelning xususiyatlarini ko‘rish va onlayn xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!