Xiaomi «aqlli» budilnik namoyish etdi

  •   DiMaX
  •  566
  •  19.09.2018 10:56

Xiaomi «aqlli» budilnik namoyish etdi

«Xitoycha Apple» yangi elektron budilnigi – Xiaomi Xiao AI Smart Alarm Clock’ning ilk suratini e’lon qildi. Nomidan anglashilib turganidek, unga kompaniyaning «aqlli» virtual yordamchisi – Xiao AI tatbiq etilgan.

O‘QING: IFA 2018: «aqlli» budilnik sizni yoqimli ovoz, mayin yorug‘lik va xushbo‘y hid bilan uyg‘otadi

Ushbu yangi gadjet bugun – 19 sentyabrda, kompaniyaning Mi 8 Youth Edition hamda Mi 8 Screen Fingerprint Edition smartfonlari bilan birga rasman taqdim etiladi.

Xiaomi Xiao AI Smart Alarm Clock ovoz bilan boshqariladi – bunda kompaniyaning o‘z ishlanmasi bo‘lgan «sun’iy idrok»li Xiao AI yordamchisining ahamiyati katta. Katta ekranga, 30 turdagi dinamik signalga ham ega bo‘lishidan tashqari, unga ikki mingta stansiyani qo‘llab-quvvatlovchi internet-radio ham joriy etilgan.

Qurilmaning o‘lchamlari, akkumulyatorining sig‘imi va avtonom ishlash vaqti singari boshqa xususiyatlari ham bugun ma’lum etiladi, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi 27 sentyabrda birdaniga beshta «aqlli» devays taqdim etadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!