Hamyonbop, lekin naq to‘rtta kamerali Redmi Note 6 Pro’ni «jonli» rasmlarda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  3534
  •  17.09.2018 16:08

Hamyonbop, lekin naq to‘rtta kamerali Redmi Note 6 Pro’ni «jonli» rasmlarda ko‘ring!

Xiaomi kompaniyasi arzon smartfonlar turkumida Redmi Note 6 hamda Note 6 Pro modellarini tayyorlagani haqidagi ma’lumotlar avgust oxirida chiqa boshlagandi. Keyinchalik ularning xususiyatlari turli mamlakatlarning tegishli idoralari tomonidan sertifikatsiyadan o‘tkazilganligi aniqlandi.

O‘QING: Taqdim etilmagan Redmi Note 6 va Redmi 6 Plus smartfonlarini allaqachon «qismlab terib» sotishyapti!

Bugun – 2018 yilning 17 sentyabrida esa insayderlar Redmi Note 6 Pro modelining asosiy texnik jihatlarini aks ettiruvchi ikkita «jonli» rasmni tarqatib yuborishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu gadjet diagonaliga 6,26 dyuymlik ekranga ega, displeyining tasvir aniqligi esa 2280x1080 pikselga teng. Darvoqe, Xiaomi uning ekranini tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatli qilib ishlagan.

Smartfonda jam to‘rtta ob’yektiv bo‘ladi. Uning asosiy kamerasi 12 va 5 megapikselli ikkita datchikdan iborat blok holida. Selfi-kamera ham qo‘shaloq, shu bilan birga yanada kuchliroq – 20 hamda 2 megapikselli sensorlarni o‘z ichiga oladi.

O‘QING: Xiaomi rasman Mi 8 Fingerprint Edition smartfonini ko‘rsatib, taqdimot kunini ham aytdi!

Redmi Note 6 Pro texnik ta’minoti asosini Snapdragon 660 protsessori tashkil etadi. Mazkur chip maksimal 2,2 GGs takt chastotasida ishlay oluvchi sakkizta Kryo 260 yadrosini, Adreno 512 grafik kontrolleri hamda 600 Mbit/s.gacha tezlikda ma’lumot almashishga qodir bo‘lgan X12 LTE uyali modemini o‘zida jamlagan.

Yangi smartfon 4 gigabaytlik tezkor xotiraga va 64 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Akkumulyatori ham zo‘r – tok sig‘imi 4000 mA/soatga teng.

Xiaomi Redmi Note 6 Pro qachon taqdim etilishi va savdoga qo‘yilishi masalasi hozircha ochiq qolmoqda. «Xitoycha Apple»ning shu paytgacha bozorga chiqarilgan aksariyat smartfonlarini, hatto yaqinda taqdim etilgan «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmanini ham Terashop.uz internet-do‘konimizdan rasmiy kafolati bilan onlayn xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Terashop.uz’da aksiya: Xiaomi smartfoni xaridida original Mi quloqchini sovg‘a! Narxlar bilan tanishing (2018 yil 7 sentyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.