Lenovo’ning ishlayotgan holdagi buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘ring!

Weibo tarmog‘ida Lenovo kompaniyasining buklanuvchi smartfoni prototipi aks etgan video tarqaldi. Gadjet «orqasiga» qayrilib buklangan holida ham bemalol ishlayapti – uni ekrani orqali boshqarishyapti.

Xiaomi fanati aldagani uchun sevimli kompaniyasini sudga berdi!

Sotuvchiga ko‘ra, bu holat nafaqat uning tuyg‘ulari bilan o‘ynashish, balki shartnomaning buzilishi sifatida ham baholanishi lozim. Shu bois ham u kompaniyadan 3491 dollar hajmida tovon puli talab qilmoqda.

AQSh Qurolli kuchlar safini geymerlar hisobiga to‘ldirmoqchi

Armiya saflariga yoshlarni aynan kibersport tadbirlari ishtirokchilari orasidan izlashmoqchi. Jumladan, shuterlar ishqibozlari Counter-Strike musobaqalaridayoq qurolli kuchlar saflariga yozilishlari mumkin bo‘ladi.

Samsung Galaxy S10 flagmanlar triosining narxlari va jihatlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy S10 uch xil variantda chiqariladi: bazaviy model, retro-versiya va premium-versiya. Shulardan ikkitasi 5G tarmog‘ida ishlay oladigan bo‘ladi.

iPhone XS Max tannarxini hisoblashdi – Apple insofiniyam «qo‘shib yeb yuborgan» ekan!

Ichki xotirasi 256 gigabaytlik iPhone XS Max tannarxi va bozordagi narxi orasidagi farq naq 856 dollarga teng – bu pulga esa boshqa biror kompaniyaning flagman smartfonini olish mumkin, axir!

Nokia 5.1 Plus: «toza» Android’li arzon smartfon taqdim etildi! (+video)

Smartfon korpusi shisha va metalldan ishlangan, orqa panelida barmoq izi skaneri joylangan. U diagonaliga 5,8 dyuymlik ekranga ega, «kemtik»li displeyning tasvir aniqligi HD+ formatida.

EKSKLYuZIV: Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 6 Pro’ni birinchilar qatorida Terashop.uz’dan oling!

Hali taqdim etilmagan Redmi Note 6 Pro’ni allaqachon Terashop.uz’dan olishingiz mumkin! Onlayn tarzda buyurtma berish, qulay usulda to‘lash va O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi kabi imkoniyatlar bor.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali tashkil etildi

Bu yil tegishli beshta yo‘nalishdan biriga hujjat topshirib, o‘qishga kira olmagan farg‘onalik, namanganlik va andijonlik abituriyentlargina TDTUning Qo‘qon filialiga kirib o‘qishlari mumkin.

Hamyonbop Galaxy J4+ va Galaxy J6+ ham sotuvga chiqdi, narxlari bilan tanishing!

Samsung Galaxy J4+ va Galaxy J6+ hali yaqindagina – 19 sentyabrda taqdim etilgan edi. 25 sentyabr kuni esa shu ikki modeldagi smartfon ham Hindistonda sotuvga chiqdi.

Xiaomi yashirgan «Qora Akula» – ikkinchi o‘yinbop smartfon TENAA’da fosh bo‘ldi!

Black Shark 2 qo‘shaloq kamerasi ob’yektivlari va fotochaqnog‘i tikka joylashgan (avvalgisida gorizontal edi). Shuningdek, barmoq izi skaneri ekranning ostidagi «Uyga» tugmachasidan orqa panelga ko‘chirilgan.

ICTWEEK Uzbekistan 2018 doirasidagi ICTExpo ko‘rgazmasiga marhamat!

Joriy yilning 24–29 sentyabr kunlari an’anaviy ICTWEEK Uzbekistan – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir doirasida ICTExpo ko‘rgazmasi ham tashkillashtirilmoqda.

Apple yana AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi – bu gal iPhone XS Max!

Yaqindagina AnTuTu benchmarkida iPhone XS flagmani 363 525 ball bilan rekord qo‘ygan edi. iPhone XS Max undan ham oshiq natija ko‘rsatdi – naq 372 106 ochko! Ularning raqibini esa 16 oktyabrda ko‘ramiz...

Hali taqdim etilmagan Huawei Mate 20 Pro uch rangdagi rasmiy suratlarda!

Hali taqdimotgacha vaqt bor, ammo Mate 20 Pro flagmanining dizayniga hozirdanoq baho berish imkoniyati mavjud. Ularga qarab, qurilmaning muhim texnik xususiyatlari borasida ham taxminlar qilsa bo‘ladi.

RASMAN: Xiaomi smartfonlarning barqaror global MIUI 10’gacha yangilanish rejasini e’lon qildi!

Xiaomi kompaniyasi o‘z smartfonlari uchun MIUI 10 talqinidagi barqaror global proshivkalarning tarqatilish muddatlarini o‘z rasmiy sayti orqali ma’lum qildi. Marhamat, batafsil ro‘yxat bilan tanishing!

Galaxy P30 – barmoq izi skaneri displeyga joylashgan ilk Samsung smartfoni!

Galaxy P30 va P30+ modellari Galaxy S10’dan avval namoyish etilib, dastlab faqat Xitoy bozoriga chiqadi. Samsung shu yo‘l orqali mahalliy smartfonsozlarning xuddi shunday modellari bilan raqobatlashmoqchi.

iPhone Xs Max – eng yangi, tezkor, katta va… qimmat ayfon bilan batafsil tanishamiz!

Hozirgacha chiqqan ayfonlar «qiroli» – iPhone Xs Max bo‘ladi: korpusi va ekrani eng katta o‘lchamli, ishlash bo‘yicha eng tezkor, batareyasi eng sig‘imdor va... narxi ham eng qimmat smartfon!

XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)

21 sentyabrda sotuvga chiqarilgan iPhone Xs hamda iPhone Xs Max modellarini allaqachon O‘zbekistonga yetib keldi! Ularning va boshqa ayfonlarning Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing.

Google Photos barcha Android-smartfonlarni «qo‘sh kamerali» qiladi!

Google yakka kamerali Android-smartfonlarga ham qo‘sh kamerali gadjetlar imkoniyatlarini baxsh etmoqchi. Shunda Color Pop rejimi va boke effekti kabilardan barcha foydalanuvchilar bahra olishadi.

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS Max va Galaxy Note 9 tezkorligini taqqoslaymiz!

Benchmarklardagi sintetik testlar o‘z yo‘liga, xo‘sh, amalda iPhone XS Max tezkorroqlimi yoki Galaxy Note 9? Videobloger shunga qiziqib, bu ikki flagmanni ishlash tezligi bo‘yicha solishtirib ko‘rsatdi.

Xushxabar: iPhone Xs va iPhone Xs Max ham «Malika»ga yetib keldi, narxlari bilan tanishing! (2018 yil 22 sentyabr)

21 sentyabrda sotuvga chiqarilgan iPhone Xs hamda iPhone Xs Max modellarini uddaburon tadbirkorlarimiz allaqachon olib kelib, savdoga qo‘yishgan. Ularning narxlari bilan tanishing.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш