Atigi 8 dollardan sotilayotgan «videokuzatuv kamerasi»ning siri nimada?

G-Kellway kompaniyasining feyk kamerasini AliExpress’dan 8 dollarga ham bormaydigan narxda xarid qilish imkoni mavjud. Xaridor o‘z istagiga ko‘ra uning qora yoki kumushrang tuslisini tanlashi mumkin.

iPhone 12’ning lazerli 3D-kamerasi qanday bo‘ladi?

VCSEL datchigi sharofati bilan iPhone 12 kadrdagi ob’yektgacha bo‘lgan masofani aniq o‘lchay oladigan bo‘ladi. Natijada smartfonning to‘ldirilgan reallik texnologiyalari bilan ishlash imkoniyatlari yanada kengayadi.

Huawei P40 Pro’ning beshta kamera moduli bilan batafsil tanishamiz

Kirin 990 5G protsessorli kamerofon 50 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 5500 mA/soatlik akkumulyatorga ega. U Android 10 bazasidagi EMUI 10 grafik qobig‘i bilan chiqadi, lekin unda Google servislari bo‘lmaydi.

DxOMark taxtiga – Xiaomi Mi 10 Pro yoniga atigi 48 MPlik kamera bilan kim chiqib oldi?

Eng qizig‘i – Mi 10 Pro va boshqa ayrim kamerofonlarda bosh kameraning asosiy datchigi 108 megapiksellik aniqlikda. Yangi flagman esa «atigi» 48 megapiksellik sensorlar bilan ayni shu natijaga erisha olgan!

DxOMark’ni poraxo‘rlikda ayblashyapti: «xolis» baholashning bahosi qancha?

Agar ishlab chiqaruvchi «qistirish»ga rozi bo‘lmasa, mutaxassislar uning yangi modelini o‘zlari sotib olishadi va oldindan kompaniya bilan kelishib olmasdan, testlardagi barcha natijalarni e’lon qilib yuborishadi.

«GAI»ning bodi-kamerasini qo‘lda tayyorlasa nima bo‘ladi?

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida fonardan yasalgan «bodi-kamera», yelim ko‘krak nishoni va qalbaki guvohnoma bilan «xizmat olib borayotgan» soxta «GAI» qo‘lga olindi.

Barcha Galaxy S20’lardagi ushbu yangi funksiya Apple’ning eng zo‘r flagmanida ham yo‘q!

XDA Developers resursining bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) janubiy koreyalik gigantning Galaxy S20 smartfonlar oilasi haqida yangi ma’lumotlar berishda davom etmoqda.

Eng qimmat ayfon ham DxOMark reytingida Apple’ni sharmanda qildi

iPhone 11 Pro Max selfi-kamerasi bo‘yicha hattoki 2018 yili chiqqan Samsung Galaxy Note 9 hamda Google Pixel 3 smartfonlaridan ham pastda!

Xiaomi kamerofonlar bobida Huawei va Nokia bilan bellashmoqchi!

Nokia brendi optik sensorlar borasida Ziess bilan, Huawei esa Leica bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xiaomi o‘z kamerofonlarida Samsung datchiklarini qo‘llayotgan bo‘lsa-da, bunga qanoat qilmayapti...

Toshkentdagi gavjum bozorda yuzni tanuvchi kameralar o‘rnatildi

Hozirga kelib bu bozor hududiga 210 dona IP-kamera, kirish-chiqish joylarida esa yuzni tanuvchi uchta intellektual kamera o‘rnatilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш