DxOMark taxtiga – Xiaomi Mi 10 Pro yoniga atigi 48 MPlik kamera bilan kim chiqib oldi?

  •   DiMaX
  •  1593
  •  09.03.2020 10:27

DxOMark taxtiga – Xiaomi Mi 10 Pro yoniga atigi 48 MPlik kamera bilan kim chiqib oldi?

Oppo kompaniyasi yaqinda yangi flagmanlari – standart OPPO Find X2 hamda yanada ilg‘or Oppo Find X2 Pro smartfonlarini taqdim qilgan edi. Sony kompaniyasi bulardan ikkinchisi uchun maxsus Sony IMX689 datchigini yaratgan.

O‘QING: Realme X50 Pro 5G sotuvda: Xiaomi Mi 10 raqibi undan arzon va atigi 35 daqiqada quvvatga to‘ladi!

DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari Oppo Find X2 Pro flagmanining kamera imkoniyatlarini allaqachon tekshirib ko‘rib, natijalarini e’lon qilishgan. Bosh kamera imtihonida u fotos’yomka sifati bo‘yicha 134 ball, video olish borasida esa 104 ball olgan; kameraning umumiy natijasi 124 ballni tashkil etgan.

Aytish kerakki, Xiaomi Mi 10 Pro ham aynan shunaqa ko‘rsatkichlar bilan bu servis reytingida yetakchi bo‘lib kelayotgan edi, endi Oppo Find X2 Pro ikkalovi DxOMark taxtida birga o‘tirishibdi.

O‘QING: Xoh kamera, xoh ovoz, Xiaomi – eng shovvoz! (DxoMark reytingi)

Eng qizig‘i shundaki, Xiaomi Mi 10 Pro va boshqa ayrim kamerofonlarda bosh kameraning asosiy datchigi 108 megapiksellik aniqlikda. Oppo Find X2 Pro bo‘lsa «atigi» 48 megapiksellik sensorlar bilan ayni shu natijaga erisha olgan! Bu esa, kameraning sensori yuqori megapikselli ekanligi hamisha ham bosh omil bo‘lavermasligini yana bir bor isbotlagan.

DxOMark ekspertlari bu smartfon haqida shunday deyishgan:

«Biz allaqachon Oppo kamerofonlarini ko‘rganmiz, ammo Find X2 Pro xitoylik kompaniyaning haqiqiy shedevri bo‘lib chiqdi. Barcha vaziyatlarda a’lo darajada ishlovchi kamerasi bilan u eng yaxshi kamerofonlar reytingida (Xiaomi Mi 10 Pro bilan birga) birinchi o‘rinni egalladi. Quyoshli kunda ko‘chada yoki xira yoritilgan restoranda suratga olasizmi, ultra keng burchakli ob’yektiv yoki 5 karralik zum bilan rasmga tushirasizmi, boke effektli portret yoki 4K formatli videoklip olasizmi – Find X2 Pro sizni uyaltirib qo‘ymaydi. Bu qurilma har xil vaziyatlar uchun a’lo mobil fotoapparat bo‘la oladi».

Oppo Find X2 Pro hamda uning «ini»si – Oppo Find X2 bilan mana bu maqolamizda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. Ko‘pchilik tahlilchilar fikricha, bu smartfonlar Samsung hamda Huawei flagmanlarining asosiy xususiyatlarini o‘zida jamlay olgan. DxOMark laboratoriyasining Oppo Find X2 Pro kamerasi ustidagi tekshiruvlariga qiziqsangiz, ular mana bu sahifada (ingliz tilida) berilgan.

Lekin masalaning yana bir tomoni bor: yaqinda taqdim qilingan 108 MPlik datchikka ega flagman – Galaxy S20 Ultra hamda ushbu seriyaning qolgan ikki modeli hali DxOMark’da hali testdan o‘tkazilmaganligini hisobga olsak, reytingda yana katta o‘zgarishlar kuzatilishi turgan gap. Bundan tashqari...

O‘QING: DxOMark’ni poraxo‘rlikda ayblashyapti: «xolis» baholashning bahosi qancha?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!