1 avgust kuni O‘zbekiston mobil operatorlarining SMS va internet xizmatlari ishlamaydi

1 avgust kuni O‘zbekiston mobil operatorlarining SMS va internet xizmatlari ishlamaydi

1 avgust kuni soat 8:30 dan 13:30 ga qadar O‘zbekiston mobil operatorlarining SMS va internet xizmatlari vaqtinchalik ishlamaydi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga asoslanib Daryo.Uz xabar bermoqda.

Ovozli aloqa uzilishlarsiz ishlaydi.

Bu boradagi xabarnomalarni 29 iyul kuni Beeline va Ucell kompaniyalari rasmiy saytlariga joylashtirdi.

Har yilning 1 avgustida SMS va internet aloqasida uzilishlar yuzaga kelishi mamlakat telekommunikatsion tarmoqlarida profilaktika ishlarining olib borilishi bilan tushuntiriladi.

1 avgust kuni mamlakat oliy o‘quv yurtlarida kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.