1 mln dona Mi Mix 2 bir daqiqaga qolmay sotildi

1 mln dona Mi Mix 2 bir daqiqaga qolmay sotildi

Xiaomi Mi Mix 2 taqdimoti bo‘lgan kundan e’tiboran flagmanning jihatlari va suratlari, imkoniyatlarini e’lon qilib kelmoqdamiz. To‘g‘risi, romsiz smartfon ko‘pchilikni maftun qilganini unga 2 sutkada deyarli 1 million nafar kishi buyurtma berganidan ham bilish mumkin.

Bugun -- 15 sentyabrda Xiaomi Mi Mix 2 xarid qilish istagida ro‘yxatdan o‘tgan 1 million nafar kishi navbatga tizildi. Savdo boshlanishidan 58 sekund o‘tgach, Xiaomi Mi Mix 2'ning sotuvga chiqarilgan ilk partiyasi -- 1 million donasi nihoyasiga yetdi. Gadjetning keyingi partiyasi 19 sentyabrda sotuvga chiqariladi.

Marketologlarning fikricha, Xiaomi Mi Mix 2'ga bo‘lgan talab oshib boradi. Bunga uning o‘ziga xos dizayni, ilg‘orligi va raqibi -- iPhone X'ning undan deyarli 2 barobar qimmatligi asosiy sabab bo‘ladi.

Yangi smartfon 5,99 dyuymli, 2160×1440 pikselli va tomonlar nisbati 18:9 o‘lchamli displeyga ega bo‘lgan. Smartfonda 8 yadroli, chastota tezligi 2,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 835 protsessori, 12 megapikselli bosh va 5 megapikselli old kamera, tok sig‘imi 3400 mA soat akkumulyator o‘rnatilgan. Yangi avlod "romsizi"da old panelning 93 foiz qismi ekrandan iborat.

Xiaomi Mi Mix 2'ning 6 gigabaytli tezkor 128 GB doimiy xotiraga ega versiyasi $510, 8/256 GB talqini $620 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!