1 terabayt nima bo‘pti!? Lenovo Z5 – naq 4 terabayt xotirali ilk smartfon!

  •   DiMaX
  •  3645
  •  17.05.2018 10:49

1 terabayt nima bo‘pti!? Lenovo Z5 – naq 4 terabayt xotirali ilk smartfon!

Protsessor va tezkor xotira smartfonlarning ishlash samaradorligini ta’minlab bersa, doimiy xotirasi turli fayllarni saqlashda muhim. Kechagina xitoyliklar shu jihatdan rekordchi – naq bir terabaytlik ichki xotiraga ega smartfon taqdim etishdi.

O‘QING: Xitoyda "inqilobiy", ilg‘or smartfon taqdim qilindi

Lekin bu rekord uzoqqa cho‘zilmaydigan bo‘lib turibdi. Zero, ayni shu «Osmon osti saltanati» smartfonsozlaridan yana biri doimiy xotirasining hajmi naq 4 terabayt bo‘lgan mobil qurilmasini yaqinda taqdim etmoqchi.

Lenovo vitse-prezidenti Chang Cheng (Chang Cheng) kompaniyaning navbatdagi flagmani haqidagi yangi ma’lumotni Weibo tarmog‘ida e’lon qildi. Bu yerda gap o‘sha – ekrani rekord darajadagi romsiz smartfon xususida ketyapti.

O‘QING: Lenovo «haqiqiy romsiz» smartfonni ko‘rsatdi (+video)

Chang Cheng bergan yangi xabarga ko‘ra, Lenovo Z5 rusumli mazkur smartfon 4 gigabaytgacha hajmli doimiy flesh-xotiraga ega.

Shuningdek, kompaniya vitse-prezidenti  yana shuni ham qo‘shimcha qilib o‘tgan: bu doimiy xotira naq bir millionta fotosurat, ikki mingta yuksak sifatli film hamda 150 mingta qo‘shiq sig‘adi.

Kamida ikkita jihati – ekran romsizligi va doimiy xotira hajmi bo‘yicha rekordchi bo‘ladigan Lenovo Z5 smartfoni joriy yilning iyunida taqdim etilishini ham Chang Cheng tasdiqlagan.

O‘QING: Lenovo «mutlaqo romsiz» flagmanining nomi va suratini e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!