1-yanvardan Bixby Voice Android'ning Pie'dan quyi versiyalarida ishlamaydi

1-yanvardan Bixby Voice Android'ning Pie'dan quyi versiyalarida ishlamaydi

SamMobile saytining ma’lum qilishicha, Samsung Android'ning Pie'dan oldingi versiyalarida Bixby Voice'ni qo‘llab-quvvatlashni yakunlamoqchi. 

Ushbu o‘zgarish 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, shunda ovozli yordamchi bevosita ishlashdan to‘xtaydi.

Biroq bu unchalik katta muammo emas, sababi bu o‘zgarish faqat ma’lum sabablarga ko‘ra, hali ham Android 7.x Nougat yoki Android 8.x Oreo'da ishlayotgan Galaxy S9, S9+, S8, S8+, S8 Active, Note8 va A9 (2018) gagina amal qiladi.

Shunday qilib, agar sizda ushbu qurilmalar mavjud bo‘lsa va hali ham Nougat yoki Oreo'dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, Bixby’ning ovozli yordamchi funksiyalari va Bixby Briefing ishlashdan to‘xtaydi.

Muammoning oddiy yechimi smartfoningizni Android 9 Pie'ga yangilashdir. Tizim yangilanishi bilan birga Bixby'ingiz v2.0 ga yangilanadi va ovozni tahlil qilish hamda yordamchi bilan amaliyot yaxshilanadi.

O‘QING: Android va iOS’da ovozli matn terishni taqqoslaymiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!