10 yildan so‘ng kvant kompyuterlari yaratiladi

10 yildan so‘ng kvant kompyuterlari yaratiladi

Fantastika mavzusi sanalgan kvant kompyuterlari yaqin kelajakda ro‘yobga chiqishi kutilmoqda. Tahlilchilar bu muddatni o‘n yilga teng, deya baholashdi.

Kvant nazariyasi tamoyillaridan foydalanib, hisoblashlarning kvant parallelizmi deb ataluvchi effekt asosida loyihalanayotgan kompyuter kvant kompyuteridir. Nazariy jihatdan kvant kompyuterlari hozirgi zamonaviy yarimo‘tkazgichli kompyuterlarga nisbatan bir necha barobar balandroq hisoblash tezligini ta’minlashi mumkin.

D-Wave Systems va IBM kompaniyalari bu yo‘nalishda tadqiqotlarni boshlagan. Hozirda fiziklar elektronikaning chiziqli qonuniyatlariga zid keluvchi texnologiya ustida ishlashmoqda. Kvant hisoblash yadrosining ishlash uslubi ko‘plab mutaxassislarga hanuzgacha tushunarsiz. Kvant protsessor bizga tanish protsessordan 10 mln marta tez hisoblaydi. Shu bilan birga kvant kompyuteri ayrim masalalarda ikkilik elektron tizimlaridan ustun emas. Shunga qaramasdan D-Wave mutaxassislari 2025 yilga yangi avlod kompyuterini yaratishga va’da berishgan.

Ilk bor kvant hisoblashlar g‘oyasi rus matematigi Yu.I.Manin tomonidan 1980 yili aytilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.