100 dollarlik Huawei Honor 6A sotuvga chiqmoqda

100 dollarlik Huawei Honor 6A sotuvga chiqmoqda

Huawei kompaniyasi 23 may kuni qator yangi gadjetlar bilan birga, Honor turkumiga kiruvchi yangi smartfonlarni ham taqdim qildi. Jumladan, Honor 6A devaysi yangilanib, metalldan ishlangan orqa panelga ega bo‘ldi. Yana bir muhim yangilik — smartfonga barmoq izlari skaneri o‘rnatildi. Honor 6A’ga “ajdodi”dan baquvvat romlar meros qolgan.

Honor 6A 5 dyuymli HD displey, 2 GB tezkor va 16 GB doimiy yoki 3/32 GB talqinidagi xotira, LTE diapazonlarini yaxshi qo‘llab-quvvatlaydigan Snapdragon 435 protsessori bilan ta’minlangan.

Bosh kamera uchun 13 megapikselli Sony IMX278 sensori mas’ul bo‘lgan. Old kamera sig‘imi esa — 5 megapikselli. Bu gal Huawei old kamerani shaxsiy fotochaqnoqdan mahrum qilgan.

Yangi talqinda batareya sig‘imi 3020 mA soat (2016 yilgi talqinda 2200 mA soat). Honor 6A smartfoni Android 7.1 Nougat’ning EMUI 5.1 talqini boshqaruvida ishlaydi.

Honor 6A’ning kichik talqini $116, 3 gigabaytli talqini esa $145 dollardan 1 iyundan boshlab sotuvga chiqariladi. Devays tilla rang, kumush, ko‘k va pushti rangli korpuslarda ishlab chiqarilmoqda.