$100 dollarlik Meizu M6 nimasi bilan o‘ziga xos?

$100 dollarlik Meizu M6 nimasi bilan o‘ziga xos?

Avgust oxirlarida taqdim qilingan Meizu M6 Note 5,5 dyuymli Full HD displey, 8 yadroli, chastota tezligi 2,0 GGs bo‘lgan ilg‘or Qualcomm Snapdragon 625 (ARM Cortex A53) protsessori, Adreno 506 video kartasi bilan ta’minlangan. Uning 3 GB / 16 GB, 3 GB / 32 GB va 4 GB / 64 GB xotira talqinlari mavjud. Akkumulyator sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan smartfon to‘liq quvvat bilan 10 soat ishlab beradi, mCharge yordamida esa qisqa muddatda quvvatini to‘ldirib oladi.

Meizu M6 Note'ning bosh kamerasi qo‘sh sensorli: biri 12, boshqasi 5 megapikselli. Unda "Dual Phase Detection" va "Full pixel Dual-core" kabi fazali fokus tizimlari mavjud. Selfi kamera esa 16 megapikselli.

Narx-navo: 3 GB / 16 GB talqin $165, 3 GB / 32 GB — $195 hamda 4 GB / 64 GB yuqori talqini — $255 dollardan 1 sentyabrdan sotuvga chiqarilgan edi. Uning ilk partiyasidagi 200 ming dona smartfon bir kunda sotib tugatilgan.

Meizu ushbu modelning yanada ixcham va arzon talqini bo‘lgan Meizu M6'ni ham sotuvga chiqaradi.

Meizu M6 5,2 dyuymli HD (1280×720), 2,5D effektli shisha bilan qoplangan ekran, 4 yadroli, chastota tezligi 1,5 GGs bo‘lgan Mediatek MT6750 (Cortex A53) protsessori, 2 yoki 3 GB tezkor va 16 yoki 32 GB (128 gigabaytgacha fleshka uchun MicroSD bor), 3070 mA soat tok sig‘imi bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlangan. Bosh tugmada barmoq izlari skaneri tatbiq qilingan.

Selfi-kamera sig‘imi 8, bosh kamera sig‘imi 13 megapikselli.

Metall korpusli Meizu M6 devaysi Android 7.0 Nougat'ning Flyme 6.0 talqinida ishlaydi.

Smartfon 25 sentyabrda $106 (2 GB / 16 GB ), $137 (3 GB / 32 GB) dollardan sotuvga chiqadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!