100 dollarlik metall Meizu M5s rasman taqdim etildi

100 dollarlik metall Meizu M5s rasman taqdim etildi

15 fevral kuni Xitoyning Meizu kompaniyasi yangi Meizu M5s nomli hamyonbop telefonini taqdim qildi. Ushbu smartfon Meizu M3s modelining merosxo‘ri bo‘lib, metall korpus hamda barmoq izlari skaneriga ega. Mazkur skaner mTouch 2.1 standartidagi “Home”tugmasidan o‘rin olgan.

Smartfon 5,2 dyuymli, uning displey sig‘imi HD (720 x 1280 piksel). Ekran 2.5D turidagi silliq hoshiyali himoya shishasi bilan qoplab olingan. Gadjetdagi bosh kamera 13 megapikselli. Kamera fazali avtofokus tizimi va ikki tusli fotochaqnoqqa ega. Telefonda 5 megapikselli old kamera mavjud.

Hamyonbop smartfonga 1,3 GGs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli MediaTek MT6753 protsessori, Mali-T760 grafik-tasvir chipi o‘rnatilgan. Gadjetning operativ xotirasi 3 GB hamda doimiy ichki xotira versiyasidan kelib chiqib, 16 yoki 32 GB.ni tashkil qiladi. Bu xotirani kengaytirish uchun qo‘shimcha fleshka uchun microSD bo‘lmachasi tashkil qilingan.


Meizu M5s akkumulyator 3 000 mA soat quvvat sig‘imiga ega. Undagi mCharge 18w texnologiyasi smartfonga tezkor quvvat olish imkonini tug‘diradi.

Smartfon 2 ta SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Mobil aloqa vositasi aloqaning LTE va VoLTE, Wi-Fi (802.11 a/b/g/n; 2.4 GGs / 5 GGs), Bluetooth 4.0 LE, GPS hamda GLONASS tarmoqlariga mo‘ljallangan.
Meizu M5s o‘lchamlari: 148,2 x 72,53 x 8,4 mm, vazni — 143 gramm. Telefon Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimining o‘zlashtirilgan Flyme OS 6.0 talqinida faoliyat ko‘rsatadi. Smartfon kumush, kul rang, tilla va och tilla rang talqindagi korpuslarda ishlab chiqilmoqda.


Meizu M5s Xitoyda 20 fevraldan sotuvga chiqariladi. Devaysning 16 GB talqini 116 AQSh dollari, 32 GB talqini 145 dollardan sotiladi. Telefonning xalqaro bozorda mart-aprel oylarida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!