110 dollarga «olti mingtalik» batareyali va qo‘sh kamerali metall smartfon!

  •   DiMaX
  •  2248
  •  27.05.2017 16:21

110 dollarga «olti mingtalik» batareyali va qo‘sh kamerali metall smartfon!

Hozirgi zamonda smartfonga qo‘yiladigan talablar faqat ovozli qo‘ng‘iroq, xabarlar yozishish va internet tezligi bilangina cheklanib qolmaydi. Axir, u sifatli foto va videotasvirga olishi, ekrani o‘yinlar o‘ynashga va videolavhalar, hatto filmlar tomosha qilishga qulay bo‘lishi, tag‘in uzoq vaqt akkumulyatori o‘tirib qolmasdan xizmat qilishi ham kerak-da. Korpusi baquvvat va narxiyam hamyonbop bo‘lsa – undanam yaxshi…

Xullasi kalom, Gretel GT6000 modelli yangi smartfon yuqoridagi barcha talablarni inobatga olgan holda yaratilgan. Uning asosiy ustunliklaridan biri – naq 6000 mA/soat sig‘imli batareyasidir. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashlaricha, u so‘zlashuv rejimida 30 soat, kutish rejimida esa naq 412 soat mobaynida qurilmaning o‘chib qolmasligini ta’minlab beradi. Agarda smartfonda video ko‘radigan bo‘lsangiz, akkumulyatori uzluksiz 16 soatga chidab beradi, o‘zingizning bardoshingiz yetsa bas!

Gretel GT6000’ga energiya tejovchi, to‘rt yadroli MT6737 protsessori o‘rnatilgan, u 1,3 GGs chastotada ishlaydi. Shuningdek, samaradorlikning ta’minlanishida Mali-T720 grafik tezlatgichining ham xizmati katta. Devays 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira bilan jihozlangan, bu esa hozirda hatto hamyonbop qurilmalar uchun ham eng minimal ko‘rsatkich bo‘lib bormoqda.

Protsessor va xotiradan tejash evaziga ishlab chiqaruvchilar Gretel GT6000 telefonini yaxshigina kameralar bilan siylashgan. Asosiy kamera qo‘shaloq bo‘lib, Panasonic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 13 megapikselli matritsa bilan ta’minlangan. Selfi-kamera esa 5 megapikselli fotomodul bilan jihozlangan.

Ma’lumotni aks ettirish uchun gadjetga 5,5 dyuymli HD-sifatli ekran o‘rnatilgan bo‘lib, u Sharp mahsuloti bo‘lmish IPS matritsa bilan ta’minlangan. Telefonning korpusi metalldan ishlangan bo‘lib, taqdimot materiallariga ko‘ra, u qora, pushti va ko‘k ranglarda chiqariladi.

Gretel GT6000 smartfoni shu yilning iyunida savdoga chiqariladi. Hozir esa mana bu havola orqali o‘tib, unga atigi 110 AQSh dollari evaziga oldindan buyurtma berish mumkin. Yaxshi batareya va kameraga ega hamyonbop smartfon orzu qiladiganlar uchun ajoyib topilma!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!