Xiaomi Redmi 5 yangi talqinda sotuvga chiqarildi

Xiaomi Redmi 5 yangi talqinda sotuvga chiqarildi

2017 yilning 7 dekabrida Xitoyda to‘liq ekranli Xiaomi Redmi 5 smartfoni taqdim qilingan edi. Shu vaqtga qadar bu modelning 2 GB tezkor va 16 GB doimiy hamda 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotirali talqinlari sotuvga chiqarilgan edi. Ishlab chiqaruvchi kecha gadjetning yangi talqinini ham taqdim qildi. Xiaomi ortiqcha shovqin -- suronsiz taqdim qilgan Redmi 5'ning bu versiyasi 4 gigabaytli tezkor xotirasi bilan o‘ziga xos.

Aftidan, Redmi 5 Plus 64 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘lgani bois, bu model ham o‘rtacha model kabi, 32 gigabaytli doimiy xotira talqiniga ega bo‘lgan. Narx ham shunga yarasha -- katar. 4 GB tezkor xotirali Xiaomi Redmi 5 modeli 170 AQSh dollaridan sotuvga chiqarildi. Ya’ni, 3 gigabaytli talqin bilan solishtirganda, 30 dollarga qimmat.

Xiaomi Redmi 5 texnik jihatlari:
Korpus materiali: metall, shisha;
Operatsion tizim: Android Nougat, MIUI 9
Aloqa tarmoqlari: 2 ta sim-kartali, GSM (1/3/5/8), CDMA (BCO), WCDMA (1/2/5/8), TD-SCDMA (34/39), TDD-LTE (34/38/39/40/41), FDD-LTE (1/3/5/7/8);
Displey: IPS 5,7'', sig‘imi 1440x720 piksel (HD+), tomonlar nisbati 18:9 standartida, ekranning yorug‘lik miqdori 450 nit, kontrast 1000:1, 72% NTSC;
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 450, 8 yadro (Cortex-A53), 1,8 GGs chastota tezligi, 64 bit, 14nm;
Grafik chip: Adreno 506;
Operativ xotira: 2/3 Gb;
Doimiy xotira: 16/32 Gb, microSD mavjud;
Interfeys: Wi-Fi 802.11 b/g/n 2.4 GGs, Bluetooth 4.2, quvvatlash/sinxronizatsiya uchun microUSB, 3.5 mm.li garnitur;
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2), 5 linzali, piksel hajmi -- 1,25 mkm hamda PDAF texnologiyasi;
Old kamera: 5 Mp, fotochaqnoq;
Navigatsiya: GPS, GLONASS, BeiDou;
Qo‘shimcha: Barmoq izlari skaneri;
Batareya: litiy-polimer (Li-Pol), 3300 mA soat sig‘imli;
O‘lchamlari: 151,8 mm x 72,8 mm x 7,7 mm;
Vazni: 157 gramm.

Tezkor xotiraning 1 gigabaytga oshgani nimanidir o‘zgartira oladimi? Protsessorning boshlang‘ich toifaga mansubligi inobatga olinsa, bu qarorni marketing nayrangi deyish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.