1948 yilda chiqarilgan Nikon fotoapparati 384 000 yevroga sotildi

1948 yilda chiqarilgan Nikon fotoapparati 384 000 yevroga sotildi

Yaponiyaning Nikon kompaniyasi 1948 yildan boshlab fotoapparatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha yillarda tayyorlangan fotoapparatlarning ba’zi nusxalari haligacha saqlanib kelayotgan ekan. Yaqinda Avstriyada bizning kunlargacha yetib kelgan eng eski (va kompaniya tomonidan chiqarilgan uchinchi qurilma) Nikon kamerasi 384 ming yevro narxida sotib yuborildi. Bu haqda auksionlar bilan shug‘ullanadigan Westlicht Auction saytida ma’lumot berilgan.

490327

Eng qizig‘i, fotoapparatning holati juda yaxshi va u qalbaki emas. Hatto barcha elementlar va korpusda “Bosib olingan Yaponiyada ishlab chiqarilgan” (Made in Occupied Japan) degan yozuv ham saqlanib qolgan. Kamera g‘ilofi, bog‘ich va Nikkor-H 2/5cm no.70811 rusumidagi ob’yektiv ham o‘z sifatini yo‘qotmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!