20 yil xorijda ishlab kelgan Otabek Nazirov Innovatsiya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

  •   Saroy
  •  1516
  •  09.05.2018 12:19

20 yil xorijda ishlab kelgan Otabek Nazirov Innovatsiya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Otabek Nazirov boshqaruv kompaniyalari, investitsion va venchur kompaniyalari, shuningdek banklar va konsalting firmalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Mazkur tadbir venchur fondlari, boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish hamda Innovatsion korxonalarga investitsiyalarni jalb etishning huquqiy mezonlari va tartiblari haqidagi me’yoriy-huquqiy loyihalarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi faoliyati doirasida o‘tkazildi.  

Uchrashuvda Orient Capital Management, Silk Capital, InfinBank, Avesta Investment Group, IFG Capital, Sentil, PWC kabi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. 

Eslatib o‘tamiz. Otabek Nazirov AQShning Nyu-York shtati Universitetida makroiqtisodiyot bo‘yicha ta’lim olgan va 20 yil davomida xorijiy davlatlarda ishlab kelgan. Yosh mutaxassis dastavval AQShda Goldman Sachs Group, The Avascent Group, JPMorgan Chase kabi moliya va investitsiya kompaniyalarida faoliyat yuritdi. Otabek Nazirov Rossiyada MDM-Bank hamda «Troyka Dialog» kompaniyalarida ham ishlagan.

Oxirgi paytda  Otabek Nazirov Londonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida sanoat sektoriga investitsiyalarni kiritish bo‘limining bosh hududiy bankiri  lavozimida ishlagan.

Otabek Nazirov yangi lavozimda monetar siyosat, bank tizimi, byudjet siyosati, soliq tizimi, ijtimoiy xizmatlar, pensiya ta’minoti, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek demografiya va aholi bandligini tadqiq etish bo‘yicha innovatsion yechimlarni  ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!