2016 yilda eng ko‘p smartfon sotgan 10 ta Xitoy brendi

2016 yilda eng ko‘p smartfon sotgan 10 ta Xitoy brendi

IHS Technology agentligi 2016 yilda jahon bo‘ylab eng ko‘p smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan 10 ta yirik Xitoy brendini o‘z ichiga olgan ro‘yxatni tayyorladi, deb xabar bermoqda China-Review nashri.

Ro‘yxatni Huawei kompaniyasi boshqarmoqda, u 2016 yilda dunyo  bozoriga jami 139 mln dona smartfon yetkazib bergan. Oppo (95 mln) va Vivo (82 mln) brendlari Huawei’dan keyingi o‘rinlarni band qilishgan. Kuchli uchlikdan katta farq bilan Xiaomi (58 mln) to‘rtinchi o‘rinda kelmoqda. ZTE esa 57 mln smartfon bilan ro‘yxatning beshinchi pog‘onasini egallagan.

Shuningdek, Lenovo (50 mln), TCL (34 mln), Gionee (28 mln), Meizu (22 mln) va LeEco (19 mln) brendlari ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan. Mutaxassislarning qayd etishicha, Meizu Quallcomm chiplarida kamroq smartfon tayyorlagani tufayli o‘tgan yili uning savdo ko‘rsatkichlari sezilarli darajada pasaygan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!