2016 yilda kutilayotgan “aqlli televizor”ga xos innovatsiyalar

2016 yilda kutilayotgan “aqlli televizor”ga xos innovatsiyalar

So‘nggi yillarda zamonaviy televizorlar uchun munosib operatsion tizim yaratish ustida jiddiy raqobat ketmoqda. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, 2016 yilda teletomoshabinlar nihoyat ko‘p imkoniyatli “aqlli televizor”dan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ma’lumotlarga qaraganda, xalqaro bozorda 2011 yilda 52 million, 2015 yilga kelib 141 million dona televizor sotilgan. 2016 yilda 173 million dona televizorlar sotilishi kutilmoqda.

Modomiki, hali zamonaviy Smart TV sotib olmagan bo‘lsangiz, quyida sizga so‘nggi texnologiyaga ega zamonaviy televizorlar haqida ma’lumot beramiz.

Zamonaviy televizor faqatgina “katta va silliq ekranli” degani emas. Uning eng muhim jihati, ayniqsa “aqlli” qobiliyati undagi operatsion tizimning imkoniyatlari bilan ham belgilanadi.

Android TV

2014 yilning iyun oyida Google kompaniyasi I/O dasturchilarining navbatdagi anjumanida Android TV platformasini namoyish qildi. U ilovalarning xilma-xilligi, tezkorligi bilan ahamiyatli edi. Bu Android platforma televizor va mobil qurilmalarini yagona platformaga birlashtirish, ilovalardan bir vaqtning o‘zida ham televizo, ham mobil qurilmada foydalanish imkonini beradi.

Android TV’ning yana bir o‘ziga xosligi mobil qurilmadagi qaysidir tasvir yoki lavha sizga ma’qul kelsa, uni yagona tugmacha yordamida televizorda namoyish qilish imkoni mavjud bo‘ladi. Android TV platformasi keyinchalik mobil qurilmalarda ham joriy qilina boshlaydi. Android’ning so‘nggi  6.0 yoki Marshmallow operatsion tizimida Android TV’ga xos ba’zi jihatlar mavjud.

Mobil Android talqini yordamida ba’zi dasturlarni qo‘l telefonida saqlab qo‘yish, 4K TV texnologiyasida texnologiyasini ko‘rayotganda ekranning piksel sig‘imi va ovoz diapazonini boshqarish mumkin.

Agar Android Marshmallow operatsion tizimiga ega smartfonga ega bo‘lsangiz, qurilma yordamida televizorni boshqarish mumkin. Buning uchun “Google sozlamalari” funksiyasidan “Yaqin masofada turgan qurilmani sozlash” (“Setup a nearby device”) buyrug‘ini tanlang.

2016 yilda Google Android TV operatsion tizimi uchun “Cast for Audio” standartini ishga tushiradi. Bu esa audiofayllarni televizordan uzoqda bo‘lgan ovoz uzatkichlarda tinglash imkonini beradi.

Mazkur operatsion tizim 2015 yildang boshlab Arcelik, Vestel, RCA, Hisense, TCL va Bang & Olufsen brendidagi televizorlarda tatbiq qilinmoqda. 2016 yilda Sony, Philips va Sharp kabi televizor ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham bu tizimdan foydalanadi.

Android TV operatsion tizimida ishlaydigan Smart TV platformasi yaqin yillarda eng ommabop texnologiyaga aylanishi mumkin. Sababi, hali Samsung va LG kabi televizor ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar bu yo‘nalishda boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilishayotgani yo‘q.

Keyinchalik Android TV orqali ilovalarni olish, video va internet xizmatlaridan foydalanish, internet kanallarni ko‘rish kabi zamonaviy imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

WebOS operatsion tizimi

Bir qator qurilmalar, xususan “aqlli televizor”ga mo‘ljallangan ushbu tizim 2009 yildan ilk marotaba Palm Pre smartfonida tatbiq qilingan. So‘ng mazkur operatsion tizimni LG kompaniyasi sotib oldi.

Avvaliga smartfonlarga o‘rnatilgan operatsion tizim 2016 yildan boshlab WebOS 3.0 talqinida LG’ning “aqlli televizor”larida joriy qilina boshlandi.

Yanvar oyida AQShda o‘tkazilgan Elektronika mahsulotlari ko‘rgazmasida uning o‘ziga xos jihatlari namoyish qilindi.

WebOS 3.0 zamonaviy televizorlar operatsion tizimidagi “Magic Zoom” (mo‘’jizakor kattalashtirish) funksiyasi hattoki televizordagi asosiy yoki orqa fondagi tasvirni kattalashtirib ko‘rish imkonini beradi. Shuningdek, tasvir namoyish etilayotganida harakatni nazorat qilish pulti yordamida boshqa biror tasvirni yaqinlashtirib ko‘rish mumkin.

3.0 televizor operatsion tizimi sizga Android qurilmalardagi kontentni, misol uchun Google Map elektron xaritasini yoki YouTube video portalidagi tasvirlarni yirik ekranda ko‘rish imkonini beradi.

Shuningdek, bu operatsion tizim televizor ekranini o‘chirgan holda uni boshqa ovoz uzatkichlar bilan o‘zaro ulash va musiqa tinglash imkonini beradi.

2016 yilda mazkur operatsion tizimiga ega televizorlarda GameFly video xizmatining o‘yinlarini ham o‘ynash mumkin bo‘ladi.

Android TV operatsion tizimidan farqli ravishda, WebOS har bir oila a’zosiga o‘z didi va tanlovidan kelib chiqib, shaxsiy interfeys yaratish imkonini beradi.

Uning yordamida bir vaqtning o‘zida ikki kanalni yonma-yon kuzatish ham mumkin.

Tizen (tayzen) operatsion tizimi

So‘nggi yillarda Samsung Tizen smartfon, planshet va “aqlli televizor”ga mo‘ljallangan ochiq operatsion tizimini rivojlantirmoqda. Tezkor va ravon ishlash funksiyasiga ega tizimda ko‘ngilochar ilova va qobiliyatlarga katta e’tibor qaratilgan.

Unda Playstation o‘ynash mumkinligi eng katta yutug‘i. Ya’ni, PS3 o‘yinlari uchun alohida o‘yni pristavkasiga hojat yo‘q.  “Extra” funksiyasi esa tomoshabinga o‘ziga ma’qul namoyishni tanlashga ko‘maklashish uchun sport va filmlarga oid statistikani taqdim etadi.

Kompaniyaning Elektronika mahsulotlari ko‘rgazmasida ma’lum qilishicha, 2016 yilda ushbu operatsion tizim foydalanuvchiga Netflix internet multimedia xizmatiga osonlik bilan, kanaldan kanalga o‘tadigan darajada tezkor ulanish imkonini beradi.

Shuningdek, operatsion tizim televizor pultiga uyda mavjud barcha elektron qurilmalarni boshqarish qobiliyatini beradi.

Mozilla operatsion tizimi

Firefox veb-qidiruv tizimi yaratuvchisi televizorlar uchun ham operatsion tizimlar ishlab chiqaradi. Jumladan, Mozilla operatsion tizimi Panasonic’ning 2016 yildagi Smart TV’isida joriy qilingan. Mazkur operatsion tizim boshqalariga qaraganda sodda va unda yaratuvchi minimalizmdan foydalangan. Televizor yoqilganida asosiy ekranda televizor, ilova yoki qurilmalarni tanlash funksiyasi chiqadi. Foydalanuvchi ko‘p ko‘radigan kanali yoki sevimli ilovasini asosiy menyuga chiqarib qo‘yishi mumkin.

Mozilla’ning Firefox OS 2.5 talqinida hozircha qanday yangilik borligi ma’lum qilinmagan. Kompaniyaning Chomecast funksiyasidan foydalinsh rejasi bor. Ya’ni, endi televizorda ham internetda yoqib qolgan biror lavhani tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!