2016 yilda Xitoyda 3D-printerlar sotilishi ikki barobarga ortadi

2016 yilda Xitoyda 3D-printerlar sotilishi ikki barobarga ortadi

Gartner tahliliy kompaniyasi bashoratiga ko‘ra, kelgusi yillarda 3D-printerlarning ish unumdorligi ortadi, yangi funksiyalar qo‘shiladi, narxi esa pastlamaydi.

O‘tayotgan yilda Xitoyda 77 ming 3D-printer sotildi. Bu o‘tgan yilgi savdoning 226 foizi deganidir. Tahliliy hujjatda kelgusi yili 3D-printerlar bozori yanada qizib, 160 ming dona sotilishi bashorat qilinadi.

Sotilgan 3D-printerlar soni bo‘yicha yanagi yili Xitoy AQShdan o‘zib ketadi, ammo narx borasida ustunlik hanuz AQShda qoladi, deydi tahlilchilardan biri.

Uning aytishicha, xitoyliklar 5 ming dollardan qimmat turmaydigan 3D-printerlarni afzal bilishadi. Amerikaliklar esa sifatli va ilg‘or texnologiyalarga ishtiyoq bildiradi.

Tahlilda 2020 yilga borib Xitoyda 440 mingdan ortiq 3D-printerlar sotilishi aytilgan. Bunga sabab ishlab chiqarishning takomillashtirilishidir.

Hozirgi vaqtda 3D-printerlar aerokosmik, tibbiy va avtomobilsozlik sohalarida qo‘l kelmoqda. Yildan yilga bu dastgoh qurilish, pazandalik, musiqa asboblari ishlab chiqarish singari sohalarga kirib bormoqda.

Quyidagi videorolikda 3D-printer yordamida detal yasalishini tomosha qiling

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!