2016 yilning eng ko‘p sotilgan Android-smartfoni ma’lum qilindi

2016 yilning eng ko‘p sotilgan Android-smartfoni ma’lum qilindi

Strategy Analytics marketing va tadqiqotlar kompaniyasining tahlilchilari smartfon bozorini o‘rganib, 2016 yilning eng ommabop va bozorbop gadjetlari ro‘yxatini shakllantirdilar. Yetakchi uchlikdan kutilganidek Samsung kompaniyasining flagmanlari o‘rin egalladi.

Kuchli uchlik
Samsung Galaxy S7 Edge xalqaro smartfon bozorining eng ko‘p sotilgan mobil aloqa vositasi bo‘ldi. Mart oyidan boshlab, bir vaqtning o‘zida 60 ta xalqaro smartfon bozorida sotuvga chiqqan smartfon bozorida shu kunga qadar 13,3 mln dona sotilgan. Tahlilchilarning fikricha, telefon qayrilma ekran tufayli yaratilgan qulaylik va beqiyos dizayn sababli bu qadar ommalashgan. Aytish kerakki, bu kompaniyaning qayrilma ekranli ilk smartfoni emas.

Ikkinchi o‘rin Samsung Galaxy J2 — u qadar ham qimmat bo‘lmagan gadjetga nasib etibdi. Uning raqiblariga qaraganda bir qator ustun jihatlari va dizayni “samsungcha nafas”ni berib turgani smartfonni peshqadamlar qatoriga qo‘shdi. Kompaniya mazkur aloqa vositasidan 13 million dona sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Eng bozorbop smartfonlar uchligining kenjasi Samsung’ning tekis displeyli flagmani — Samsung Galaxy S7’ning eng arzon, ya’ni bazaviy talqini bo‘ldi. Kompaniya mazkur smartfondan 11,8 mln dona sotgan.

Android smartfonlar bozori chaqqonlashmoqda
Yarim yil ichida jahon miqyosida turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan 577,3 million dona Android-smartfon sotilgan. Mazkur operatsion tizim boshqaruvidagi smartfonlarni sotish ko‘rsatkichi 2015 yilning shu davriga nisbatan 5 foizga o‘sgan 2015 yilda 552,2 mln dona). Gadjetlar bozorining peshqadami bo‘lgan Apple smartfon hamda planshetlar savdosida esa 16% pasayish kuzatilgan. Kompaniya avvalgi yilning shu davrida 108,7 mln dona qurilma sotgan bo‘lsa, joriy yilda 91,6 mln dona sotgan.
Birinchi uchlikdan o‘rin olgan smartfonlar xususiyatlari bilan tanishing:

     
Modeli Samsung Galaxy S7 Edge 32GB Samsung Galaxy S7 32GB Samsung Galaxy J2
Narx-navo 3,238,000 so‘mdan 3,397,000 so‘mdan 730,000 so‘mdan
Reyting  1 2  3
Protsessor Samsung Exynos 8 Octa 8890 Samsung Exynos 8 Octa 8890 Samsung Exynos 3 Quad 3475
Ekran sig‘imi 1440×2560 piks 1440×2560 piks 540×960 piks
Ekran diagonali 5.5 “ 5.1 “ 4.7 “
Akkumulyator sig‘imi 3600 mA soat 3000 mA soat 2000 mA soat
Operatsion tizim Android 6.0 Android 6.0 Android OS, v5.1.1 (Lollipop)
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!