2017 yilda Beeline Toshkent viloyatida 3G tayanch stansiyalarining sonini 20 foizga ko‘paytirdi

2017 yilda Beeline Toshkent viloyatida 3G tayanch stansiyalarining sonini 20 foizga ko‘paytirdi

Beeline Toshkent viloyatida 3G tarmog‘ining qoplamini kengaytirishda davom etmoqda. Yangi tayanch stansiyalari Chirchiq, shuningdek, Oxangaron, Qibray va Yuqori-Chirchiq tumanlarida ishga tushirildi.

Aholi soni kam bo‘lgan va olisda joylashgan aholi punktlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday joylarda simli internetga ulanishning iloji yo‘q, shuning uchun yuqori tezlikdagi mobil internetiga ulanish abonentlar uchun juda muhim. 2017 yil davomida 3G texnologiyasida ishlaydigan tayanch stansiyalarining soni 20 foizga oshdi. Yangi tayanch stansiyalari Qoraxitoy, Oq-ovul, Orom va Salar qishloqlarida, shuningdek, Chirchiq shahrining Temiryo‘lchilar ko‘chalari bo‘ylab ishga tushirildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!