2017 yilda "eng ko‘p ko‘chirilgan" smartfonlar aniqlandi

2017 yilda


Koreyalik axborot texnologiyalari ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Samsung tomonidan 2016 yilda taqdim qilingan telefon apparati 2017 yilda nisbatan quyidagi smartfon ishlab chiqaruvchilarni eng ko‘p ilhomlantirgan smartfon deb topildi.

Taniqli AnTuTu benchmarki tomonidan 2017 yilda eng ko‘p ko‘chirilgan, ya’ni dizayni va texnologik yechimiga taqlid qilingan eng ommabop smartfonlar reytingi tuzildi. Unga ko‘ra, Samsung Galaxy S7 Edge telefon apparatining shakl-shamoyili va texnik jihatlari o‘tgan yilda eng ko‘p "o‘g‘irlangan" bo‘lib chiqdi.

AnTuTu ekspertlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasi smartfonlari 2017 yilda hammadan ham ko‘p ko‘chirilgan va jahon miqyosida ishlab chiqarilgan smartfonlarning 36,2% i aynan shu brendning mahsulotlariga taqlid qilgan ekan.

Reytingda ikkinchi o‘rinda Apple (7,7%), uchinchi o‘rinda — Xiaomi (4,7%) turibdi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rin Oppo hamda Huawei (4,4% va 3,4%) brendlariga nasib qilgan.

Samsung Galaxy S7 Edge smartfon ishlab chiqaruvchilarni eng ilhomlantirgan devays bo‘lgan bo‘lsa, Galaxy S7 modeli "nuqta-verguligacha" eng ko‘p ko‘chirilgan telefon bo‘lib chiqdi. Apple korporatsiyasining iPhone 7 Plus modeli, OnePlus 3T modellarining texnologik va dizayn yechimlari ham boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan mahorat bilan "o‘zlashtirilgan".

O‘ziga xos jihati shundaki, 2017 yilda "o‘zlashtirilgan" smartfonlarning deyarli barchasi 2016 yilda taqdim qilingan. Benchmarkda 2017 yilda jami 17,4 mln dona mobil qurilma sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ularning 2,6% qismi "klon"lar bo‘lgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.