2018 yilda Samsung smartfonlarini xarid qilishning muhim sababi bor

2018 yilda Samsung smartfonlarini xarid qilishning muhim sababi bor

Samsung 2018 yilda smartfon sanoatiga yangicha imkoniyatga ega gadjetlarni taqdim qiladi. Gap shundaki, kompaniya keyingi yilgi flagmanlarida yangicha  LTE-modemlarni joriy qiladi. Koreyalik IT-gigant ishlab chiqargan yangi modem mobil aloqa tarmog‘ining 6 ta muhim chastotalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada, ma’lumotlarni tezkor almashish tezligi 1,2 Gbit/s.ni tashkil qiladi.    

Ya’ni, modem aloqa almashishda maksimal tezlikka erishish uchun bir vaqtning o‘zida bazaviy aloqa stansiyasi bilan bir nechta chastotalar orqali bog‘lanish va ma’lumot uzatishda bir vaqtda  barcha chastotalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu ayni paytdagi Exynos 8895 chipi o‘rnatilgan Samsung Galaxy S8 va S8 Plus'ning ma’lumotlarni yuklab olish tezligidan 20 foizga tezkor ko‘rsatkich.  Exynos 8895'da aloqa tarmog‘ining 5 ta chastotasini bir vaqtda qamrab olish imkoni mavjud.  

Samsung bugungi smartfonlarida taqdim qilayotgan 4-avlod LTE Advanced modemlari ham nazariy jihatdan o‘ta tezkor ma’lumot almashish salohiyatiga ega bo‘lsa ham, ba’zi mobil operatorlar o‘z mijozlariga aloqaning 3 tagacha chastotasidan foydalanishga ruxsat beradilar.

Shu bois, Samsung 2017 yilgacha yangi turdagi LTE-modemlarni ishlab chiqaradi. Bu modem ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda operator cheklovlaridan xoli bo‘ladi.  Mazkur modem Exynos 9810'ning yordamchi detali bo‘ladi va 9-avlod Samsung flagmanlarida ilk marotaba joriy qilinadi. Shunday ekan, ayni paytda katta e’tibor qaratilgan Galaxy Note 8 ham yangi "geleksi"lardan bir qadam orqada bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!