2030 yilda Facebook a’zolarini 5 mlrdga yetkazmoqchi

2030 yilda Facebook a’zolarini 5 mlrdga yetkazmoqchi

Facebook asoschisi Mark Zukerberg ijtimoiy tarmoq auditoriyasini 2030 yilga borib 5 mlrd odamga kengaytirishni rejalashtirayotganini aytdi. Bu haqda u kompaniyaning 12 yillik marosimida bildirgan.

“Biz pirovardida barchani jalb etamiz, bu yumushni hukumat va kompaniyalar yordamida dunyo bo‘ylab amalga oshiramiz”, deydi Zukerberg.

Facebook rahbarining aytishicha, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisiga internetni yoyishda Aquila kompaniyasi ishlab chiqargan dronlardan foydalaniladi. “Ular quyosh energiyasiga ishlaydi, shaharlar ustida uchib yurgancha internet ulashadi. Sal g‘alati eshitiladi, shunday emasmi?” – jilmayib so‘raydi Mark.

Kecha 4 fevralda ijtimoiy tarmoq 12 yillik to‘yini nishonladi. Shu kunga atab Facebook yangi “Do‘stlar kuni” funksiyasini ishga tushirdi. Unda foydalanuvchining do‘stlari suratlarini saralab videorolik ko‘rinishida namoyish etiladi.

Zukerberg qizchasi tug‘ilishi munosabati bilan olingan ta’tildan yaqinda qaytdi. Ish kunini boshlashidanoq, ijtimoiy tarmoq a’zolariga qanday kiyim kiyish haqida hazilomuz savol bilan murojaat qildi. . Savolga bir xil kulrang kiyimlar rasmi ilova etilgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!