23 noyabr – World of Warcraft o‘yini yaratilgan sana

23 noyabr – World of  Warcraft o‘yini yaratilgan sana

2004 yilning 23 noyabr kuni Blizzard firmasi yirik masshtabli, ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan World of  Warcraft nomli tarmoqli o‘yinni chiqaradi va aynan ushbu sanada o‘yinning AQShdagi sotuvlari boshlab yuboriladi.

O‘yin voqealari odamlar, elf, gnom va boshqa mavjudotlar ishtirokidagi to‘qima dunyoda bo‘lib o‘tadi. Ushbu janr tez orada geymerlar orasida ommalashib, ko‘pchilikning e’tiborini qozonadi. Hatto holat shu darajaga yetadiki, Shvetsiyaning The Youth Care Foundation tashkiloti o‘yinni xavfli mashg‘ulotlar qatoriga kiritadi. O‘smir yigitning to‘xtovsiz 20 soat mazkur o‘yinni o‘ynab, natijada shifoxonaga tushishi tashkilotning shunday xulosa qilishga undagan edi.

Ferra nashrining yozishicha, Blizzard kompaniyasining 2009 yilda bergan xabariga ko‘ra, onlayn o‘yin jami 75 mingta protsessorda ishlaydigan va 1,3 petabayt xotiraga ega serverlar yordamida qo‘llab-quvvatlangan, buning uchun jami 4600 ta xodim jalb etilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!