2D GAME KIT orqali o‘z o‘yinlaringizni yarating, dasturlashni bilish shart emas!

2D GAME KIT orqali o‘z o‘yinlaringizni yarating,  dasturlashni bilish shart emas!

UNITY kompaniyasi 2D dasturlash malakalarisiz o‘yinlar yaratish imkonini beruvchi instrumentni taqdim qildi!

UNITY kompaniyasi o‘z blogida o‘zining yangi maxsuloti – 2D GAME KITni takdim etdi.  Bu 2D o‘yinlarni yaratish imkonini beruvchi to‘laqonli instrumentdir. Aytib o‘tish kerakki, ushbu instrument orqali o‘yinlar yaratish uchun dasturlash malakasiga ega bo‘lish shart emas.

Shablonlar orqali o‘yinlarni yaratish

2D GAME KIT da o‘yin personajlari kobiliyatlari, o‘yin elementlari va instrument to‘plamlari mavjud, shuningdek 1-bosqichdan 5-bosqichgacha tayyor o‘yin sahnalari ham bor.

Fikrimizcha, ushbu instrument o‘yinlarga, dasturlashga qiziquvchi yoshlarimizga, dizaynerlarga va ijodiy mahoratlarini o‘yinlar yaratishda sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlarga juda qiziq bo‘ladi.

2D GAME KITni sinab ko‘rishdan oldin uning yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz.

UNITY kompaniyasi 2D GAME KIT komponentlarining ishlash prinsiplarini quyidagi yo‘riqnomada izohlab o‘tgan.

2D GAME KIT – birinchi bosqich, xolos. UNITY kompaniyasi yaqin kelajakda 3D GAME KITni yaratishga va’da bermoqda, lekin aniq vaqti e’lon qilinmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!