3 dekabr – birinchi SMS yuborilgan sana

3 dekabr – birinchi SMS yuborilgan sana

1992 yilning 3 dekabr kuni Buyuk Britaniyada jahondagi ilk SMS-xabar yuboriladi. Birinchi SMS kompyuterdan telefonga jo‘natilgan edi. SMS xizmati (Short Message Service – qisqa xabarlar xizmati) tez orada shiddat bilan ommalashishni boshlaydi. O‘tgan asrning 90-yillarida yuboriladigan SMS xabarlarning miqdori ko‘p bo‘lmagan. Biroq mobil telefon sanoatining rivojlanishi natijasida 2011 yilga kelib jahon bo‘ylab jo‘natilgan SMS xabarlarning soni 10 trillionga yetadi.

GSM standartida bitta xabarning hajmi 140 baytdan oshmasligi kerak, 7-bitli kodirovkada bitta xabarda lotin alifbosidagi belgilarning soni 160 tagacha bo‘lishi mumkin. 8-bitli kodirovkada esa (murakkabroq alifboga ega tillarda) bitta xabarda 140 tagacha belgi kiritish imkoniyati mavjud.

Aynan SMS texnologiyasining yaratilishi smayliklar yordamida suhbatlashish tizimiga katta hissa qo‘shadi. LOL (laughing out loud), IMHO (in my humble opinion), OMG (oh my God), va BFF (best friends forever) kabi SMS orqali paydo bo‘lgan iboralar mashhur Oksford lug‘atiga ham kiritilgan.