$49 dollarlik Google smartfonlari Android 8.1 Oreo'da ishlaydi

$49 dollarlik Google smartfonlari Android 8.1 Oreo'da ishlaydi

2017 yilning dekabrida Google kompaniyasi jahondagi android muxlislari e’tiboriga Android 8.1 Oreo nomli operatsion tizimni taqdim qilgan edi. Uning asosida nisbatan arzon smartfonlar uchun 2017 yilda Go Edition tizimi ham ishlab chiqarilgan edi.

Google kompaniyasi Go Edition talqinini 512 MB.dan 1 gigabaytgacha bo‘lgan tezkor xotiraga ega smartfonlar uchun ishlab chiqarganini e’lon qilgan edi. Ya’ni, Android 8.1 Oreo'ga bu tizimni 4 yadroli MediaTek yoki boshqa biror chipset protsessorlariga o‘rnatish mumkin. Shu bilan birga, bu proshivka doimiy xotira sig‘imi 4/8 GB bo‘lgan smartfonlarga ham mos keladi.

Kuni kecha Google yaqin kunlarda bir nechta yangi smartfonlarni sotuvga chiqarishi, ularning barchasi qadoqdayoq Android Go, ya’ni Android 8.1 Oreo boshqaruvida ishlashini e’lon qildi. Eng ahamiyatli jihati esa, bu smartfonlarning narxi bor-yo‘g‘i $49 dollarni tashkil qiladi.

Amerikalik korporatsiya bu smartfonlarni jamoatchilik e’tiboriga keyingi hafta start oladigan MWC 2018 anjumanida namoyish qilish rejasida. Buning uchun ko‘rgazma hududida maxsus namoyish maydonchasi ham tayyorlanmoqda.

Android 8.1 Oreo (Go Edition) operatsion tizimida korporatsiya tomonidan ishlab chiqarilgan dasturlar o‘rin olgan. Bugungi kunda Google tomonidan ko‘rsatiladigan YouTube, Gmail, GBoard va boshqa xizmatlarning "yengil" talqini ham ishlab chiqarilgan.

$49 dollarlik smartfonlar esa jahonning endi rivojlanayotgan. shuningdek internet tezligi past davlatlarida istiqomat qiladigan, daromadi yuqori bo‘lmagan aholiga mo‘ljallangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.