$99 dollarlik UMIDIGI Crystal’ning ilk haqiqiy suratlari

$99 dollarlik UMIDIGI Crystal’ning ilk haqiqiy suratlari

2014 yilda Sharp kompaniyasi Aquos Crystal nomli romsiz smartfonni namoyish qilgan bo‘lsa ham, 2016 yilda Xiaomi taqdim qilgan Mi Mix romsiz dizayndagi kutilmagan smartfon sifatida jahon miqyosida olqishlarga sazovor bo‘ldi. Shundan so‘ng romsiz smartfonlarning “erasi” boshlandi, deyish mumkin.

Xitoyning UMIDIGI nomli yosh kompaniyasi esa “UMIDIGI Crystal” nomli romsiz va hamyonbop smartfonni ishlab chiqarishini ma’lum qilganida, ko‘pchilik 99 AQSh dollariga bunday smartfonni ishlab chiqarishga shubha bilan qaragan edi.

Ayni paytda esa 99 dollar evaziga UMIDIGI Crystal’ga buyurtma berish mumkin. Hozirgacha bu model Xitoyda 20 000 dona miqdorida avvaldan buyurtma qilingan.

Cmartfon korpusi pishiq metall qotishmasidan tayyorlangan. UMIDIGI Crystal’ga AMOLED matritsali displey bilan ta’minlangan, diagonali 5,5 dyuym bo‘lgan ekran o‘rnatilgan. Uning piksellar sig‘imi Full HD.

Smartfonni 2 talqinda ishlab chiqarish reja qilingan. Ular bir-biridan kamera modullari bilan farqlanadi: ya’ni yuqori talqinning bosh kamerasi 2 ta kamera sensoridan iborat bo‘ladi. Har ikkala smartfon uchun Helio P25 protsessori, 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira tanlangan.

UMIDIGI Crystal ilk marotaba Xitoydagi elektronika mahsulotlari ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Undan foydalanib ko‘rganlarning ma’lumotlariga ko‘ra, smartfon Android 7 Nougat operatsion tizimining o‘zlashtirilgan talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.