“Abituriyent-2017” xizmati yordamida kirish test imtihonlari natijalarini bilish mumkin

“Abituriyent-2017” xizmati yordamida kirish test imtihonlari natijalarini bilish mumkin

Beeline aloqa operatori hamda Davlat test markazi abiturientlarga “Abiturient-2017” axborot xizmatidan foydalanish imkonini taqdim etadi. Xizmat SMS orqali O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida to‘plangan ballar miqdorini bilish imkonini beradi.

Imtihon natijalarini bilish uchun abonent javob varaqasi raqami ko‘rsatilgan SMS ni (masalan 0000000) 5100 qisqa raqamiga yuborib, quyidagi ko‘rinishdagi javobni oladi: N: 0000000 OTM: BALL: 172,1 (8*1,1+31*3,1+32*2,1) Siz davlat GRANTI asosida talabalikka tavsiya etildingiz.

Chiquvchi xabarning bahosi – $0,75. Batafsil ma’lumot Beeline saytida.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!