Adata tezkor zaryadlash funksiyasiga ega tashqi batareya chiqardi

Adata tezkor zaryadlash funksiyasiga ega tashqi batareya chiqardi

Adata Technology kompaniyasi 10050 mA/soat sig‘imli (36,18 Vt/s) A10050QC tashqi batareyasini namoyish qildi. Gadjet Qualcomm Quick Charge 3.0 standartidagi tezkor zaryadlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, 5 dyuymli o‘rtacha texnik parametrlar bilan jihozlangan smartfonni mazkur batareya yordamida yarim soat ichida 80% quvvatlash mumkin.

Kompaniyaning rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, akkumulyatorda USB-C va USB-A portlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmani zaryadlash imkoniyati mavjud. USB-C porti 18 V kuchlanishga mo‘ljallangan, USB-A portida esa ushbu ko‘rsatkich 12,5 Vattni tashkil etadi. Shuningdek, tashqi akkumulyatorning o‘zini zaryadlash uchun  yana bitta 2,5 amperli USB-C porti o‘rnatilgan. Gadjetning og‘irligi 247 gramm.

Narxiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.