“Agrobank Mobile” mobil dasturiga yangi xizmat qo‘shildi

“Agrobank Mobile” mobil dasturiga yangi xizmat qo‘shildi

«Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankidan aholi uchun yangi qulaylik joriy etildi, deb Daryo.uz yozmoqda.

Endi mijozlar respublikaning istalgan hududidan va istalgan vaqtda barcha maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘lovlarni “Agrobank Mobile” mobil dasturidan qulay va tez amalga oshirishi mumkin.

Buning uchun “Agrobank Mobile” mobil dasturiga kirib, farzandingizni tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi raqami va cummani kiritish kifoya. To‘lovlar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.